So’nggi yangiliklar

00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  12 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  4 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  167 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  6 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1

Coca Cola Superligasi. Eng ko'p muxlis vodiyda, eng kami esa... Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Eng ko'p muxlis vodiyda, eng kami esa...

Coca Cola Superligasining birinchi davrasidan keyin stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlarga oid ko'rsatkichlarni baham ko'ramiz.

Albatta, ko'rsatkichlar nisbiy sanaladi, chunki bir muxlis jamoasi ishtirokidagi barcha o'yinga kirishi mumkin yoki kishilar o'zgarib turishi mumkin. SHu bois, faqat stadionga kelgan ishqibozlar keltirgan son bo'yicha reyting shakllantirdik.

Yarim mavsum davomida "Navbahor" ishtirok etgan uchrashuvlarga eng ko'p muxlis tashrif buyurgan. Namanganliklarning mezbon va mehmon sifatidagi o'yinlariga jami 139400 tomoshabin kelgan. 

"Neftchi" qatnashgan uy-safar o'yinlariga esa jami 108601 tomoshabin qadam ranjida qilgan. Bu borada uchinchi ko'rsatkich "Buxoro"ga tegishli. Ko'hna shahar jamoasi qatnashgan bahslarni 66017 nafar muxlis kuzatgan.

Eng yomon ko'rsatkich esa "Surxon"ga tegishli. O'zi tegishli bo'lgan viloyatda o'namayotgan klub ishtirokidagi bellashuvlar jami 22055 nafar odamni jalb qilgan. OKMKda bu ko'rsatkich 30719 kishini tashkil etadi. "So'g'diyona" qatnashgan barcha o'yinlarga esa 39908 nafar muxlis kelgan.

SHuningdek, o'z maydonidagi o'yinlarni tomoshabin jalb qilishda ham ro'yxat unchalik o'zgarishga uchramagan. Namangan markaziy stadioniga jami 89378 tomoshabin kelgan bo'lsa, "Neftchi" mezbonligidagi bahslarga 77573 nafar muxlis tashrif buyurgan. 

Quyi pog'onadagi "Surxon"ning Toshkentdagi o'yinlarini jami 3617 muxlis kuzatgan. "Olimpik" mezbonligidagi bahslarni esa jami 6604 kishi tomosha qilgani qayd etilgan.

Ilk davrada eng ko'p tomoshabin "Neftchi" — "Navbahor" uchrashuviga tashrif buyurdi. Farg'onadagi to'qnashuvni 19191 nafar ishqiboz kuzatgan.

Eng kam muxlis esa "Olimpik" — OKMK uchrashuviga tashrif buyurgan. Uchrashuvni 212 kishi stadiondan kuzatgan.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика