So’nggi yangiliklar

15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  1 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  0 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  24 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  4 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  16 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  7 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2

Coca Cola Superligasi. "Andijon" Xebayning goli evaziga "Buxoro" maydonida g'alaba qozondi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Andijon" Xebayning goli evaziga "Buxoro" maydonida g'alaba qozondi

Coca Cola Superligasi 13-turi start olmoqda.

"Buxoro" — "Andijon" 0:1

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Qanot hakamlari: Jalgasbay Sarsenov, Damir Iskanderov

Zaxira hakami: Maruf Tilloev

VAR hakami: Nayim Qosimov

AVAR hakami: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Said SHoxruh

Gol: Rubin Xebay, 0:1 (50)

"Buxoro": 20. Sardor Qobuljonov, 5. Dilshod Jo'raev, 9. Aleksandr Kasyan, 10. Humoyunmirzo Iminov, 14. Rustamjon Abduhamidov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 24. Sardorbek Izzatov (4. Mirjalol Jumaev, 77), 25. Abbosjon Otaxonov, 70. Aleksandar Stanislavlevich, 80. Farruhjon Ibrohimov, 88. Vsevolod Nixaev

Zaxira: 1. Amon Bakaev, 6. Bekzod Kamolov, 15. Obid Jo'raboev, 28. Sohib Muhammadiev, 29. CHingizxon Koirov, 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 91. Asiljon Begimqulov, 99. Javohir Ro'ziev

"Andijon": 72.Igor Litovka, 21.Ildar Mamatkazin, 66.Ilhomjon Alijanov, 14.Abdurahmon Komilov, 4.Dilshodjon Komilov, 9.Levan Arveladze, 8.Farhodbek Bekmuratov (10.Ilhomjon Abdug'aniev, 60), 26.Muhammadkarim Toirov (23.SHerzod Esanov, 86), 13.Sardorbek Azimov (11.Sardor Abdunabiev, 77), 17.Farhodjon Sohibjonov (88.Nodari Kavtaradze, 46), 99.Rubin Xebay (7.Boburbek Farhodov, 86)

Zaxira: 12.Mohirbek Komilov, 5.Abdulvohid G'ulomov,19.Suhrob Berdiev, 28.Islombek Mamatkazin

Ogohlantirish: Ildar Mamatkazin (13), Sardorbek Izzatov (45), Muhammadkarim Toirov (70)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Etiboringiz uchun rahmat, keyingi o'yinlarda ko'rishguncha!

90+3. Bolaligimda futbolchi bo'lib, odamlar meni televizorda tomosha qilishlarini istardim. Lekin shifokorlik orqali ham orzularni ro'yobga chiqarish mumkin ekan.

90. Ikkinchi bo'limga men maktabda yoqtirgan bahoga teng daqiqa qo'shib berildi. Lekin, afsuski, yigit bahoga o'qiganman.

90. Diqqat, akciya! Mezbonlar futbolchisining tepgan to'pini stadion tashqarisidan topgan odamga o'sha to'p sovg'a qilinadi.

86. Yana o'zgarishlar.

83. "Buxoro" futbolchisining jarimadan tepgan to'pi ikki qavatli darvoza bo'lganida, naq to'qqizlikdan joy olgan bo'lardi.

79. Iminovning burchakdan uzatmasi jarima maydonidagi barchani osmonga qarashga majbur etdi.

77. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarish ro'y berdi.

73. "Andijon" futbolchisining zarbasidan so'ng negadir poytaxtdagi yangi qurilayotgan uylarning narxi yodimga tushib ketdi. 

68. Iltimos, oyoq kiyimlaringni echib to'qnashinglar. Sizlarni ko'rib, mening oyoqlarim zirqirayapti.

65. "Buxoro" markaziy stadoni atrofida sayr qilib yurganlardan ehtiyot bo'lishini so'rab qolaman, hozirgina Stanislavlevich zarba yo'lladi. Kechikkan bo'lsam, uzr so'rayman.

60. O'zgarish, aniqrog'i, maydonda endi boshqa o'yinchi yotibdi.

57. Ortdan qolgan bir soatni tahlil qiladigan bo'lsak, 20 daqiqa futbolchilarni, 40 daqiqa ularga tibbiy yordam ko'rsatayotgan shifokorlarni ko'rishga muvaffaq bo'ldik.

53. Mezbonlarning standarti bartaraf etildi.

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Rubin Xebay gol urmaganida, ertalab ko'zimni ochgan bo'lardim.

47. Ikkinchi bo'lim ham kurashuvchan ruhda boshlandi. Nima balo, jamoalar o'yindan avval dorixonalar bilan kelishib olganmi deyman.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Yana kimdir maydonda jarohat olib yotibdimi desam, birinchi bo'lim yakunlanib qolibdi.

45+1. Arveladzening jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib, maydon tashqarisiga ravona bo'ldi.

45. Izzatov ogohlantirildi.

37. Mezbonlar jarima zarbasi ishlab oldi. Stanislaevichning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

34. Birinchi bo'limning eng yaxshilari — shifokorlar.

27. O'yin so'ngiga qadar jamoalar shifokorlarini yaqindan tanib olsam kerak.

22. Dastlabki daqiqalar qizg'in ruhda o'tmoqda. 20 daqiqada atigi ikki marotaba tashqariga aylanib kelishga ulgurdim.

19. Andijon futbolchisidan zarba. Maktab davrida shunaqa tepganimda, sheriklarim meni so'kishardi. To'g'rirog'i, ichida shunaqa gapirishardi to'pning egasi men bo'lganim uchun.

17. Iminov burchakdan to'pni o'yinga kiritishda raqibini aldadi, ammo o'zini to'p aldaganini keyin sezdi. Erkin zarba.

13. Ildar Mamatkazin dastlab bir raqibini yiqitdi, undan ko'ngli to'lmagach, ikkinchisini ham kuragini erga tekkazdi va hakam etirofiga sazovor bo'ldi.

13. Sohibjonovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

11. Stanislavlevich super uzatma amalga oshirdi. Raqib posboniga.

7. Futbolchilar ko'ziga oq bo'lib ko'ringan narsaga oyoq tashlamoqda, biroq butsalar arzon turmaydi, oyoqni davolash ham.

5. Jamoalar futbolni sog'inib qolishgani sezilmoqda. Ikki daqiqa ichida ikki marta jiddiy qo'pollik ishlatildi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! FIFA kunlaridan so'ng Superliga bahslari yana start oldi. Bugun Buxoroda mahalliy jamoa andijonliklarga qarshi maydonga tushadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика