So’nggi yangiliklar

18:47Азиз Амонов — "Динамо" футболчиси  1 18:25"Арсенал" мухлислари учун хушхабар  0 17:39"Насаф": Шароф Муҳитдинов билан шартнома узайтирилди  1 16:46Филипе Луис Европа клубини бошқармоқчи  5 16:06"Ливерпул" Бразилиянинг ёш иқтидорларидан бирини нишонга олди  1 14:5241 ёшли Тьяго Силва эркин агентга айланди  1 13:58Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ"  9 13:55Пауло Дибала энди "Рома"га керак эмас  3 13:22“Рома” Мадрид клуби ўйинчисини қишда ўзига жалб қилмоқчи  0 13:02TVCOM'да бугунги тақвим: OCTAGON 83 жанглари ва бошқалар  0 12:43Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади?  3 12:11МЮ ва "Ньюкасл" португалиялик ярим ҳимоячи учун кураш олиб боради  3 11:38"Ман Сити" хавбеки Эчеверри бошқа клубларга ҳам қизиқ. "Байер"даги ижара ўйин амалиёти етишмаслиги сабабли бекор қилиниши мумкин  0 11:26"Ғазалкент" футбол клуби қайтди   6 11:14Тер Штеген қишда "Барса"ни тарк этишни режалаштирмаяпти. Нега?  1

Coca Cola Superligasi. 4-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. 4-turning eng yaxshilari

Kecha Coca Cola Superligasining 4-turidan o'rin olgan uchrashuvlarga yakuniga etdi.

Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Bunyodkor" kiperi Suhrob Sultonov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 4-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

U ajoyib o'yini orqali jamoasi "Turon" bilan bahsda kamida 1 ochko ishlashini taminladi.


"Paxtakor" azosi Dragan CHeran Championat.asia talqiniga ko'ra 4-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.

Superligada intriga kuchayishi, raqobat o'sishi, CHeranning yoshi kattarishi mumkin, lekin uning ko'rsatkichlari bu ligada hech o'zgarmaydi va futbolchi hali ham jamoasi foydasiga hal qiluvchi farqni amalga oshirmoqda.

"Metallurg"ga qarshi o'yindagi xet-trik bilan CHeran nafaqat turning eng yaxshi futbolchisi nomini, balki musobaqa to'purari etakchiligini ham qaytarib oldi.


"Qizilqum" futbolchisi Islom Kenjaboev "Nasaf" darvozasiga kiritgan to'p Championat.asia talqiniga ko'ra 4-turning chiroyli goli (VIDEO) deb topildi.  

Kenjaboev raqib himoyachilarini esankiratib qo'yib, ajoyib reyd uyushtirgan holda chiroyli gol urdi. U munosib ravishda saytimiz ekspertlari tomonidan eng yaxshi deya tan olindi.



"Turon" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Championat.asia talqinida 4-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Gap shundaki, "Turon" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov garchi ligada joriy mavsum hali g'alabaga erishmagan bo'lsa-da, liga peshqadamlaridan biri bo'lgan va hali umuman ochko yo'qotmagan "Bunyodkor"ni Toshkentda o'yin taraflama ancha sarosimaga tushirdi. O'yinda asosan birinchi raqamda ustunlik bilan o'ynagan "Turon" haqli ravishda «Bunyodkor»dan ochko tortib oldi va bu borada Superligadagi ilk jamoaga aylandi.

Ashurmatov shu kuni o'zi uchun hal qiluvchi bahsni juda yaxshi o'tkazib, jamoasini o'yinga munosib tayyorlaganini amalda ko'rsatdi va saytimiz ekspertlari tomonidan eng yaxshi murabbiy deya etirof qilindi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика