So’nggi yangiliklar

16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 0:0  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   5 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  1 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  8 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  17 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14

Coca Cola Superliga. OKMK 1-turda "Surxon" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. OKMK 1-turda "Surxon" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Teglar :  "Surxon"OKMK
Coca Cola Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Surxon" - OKMK bahsi bo'lib o'tdi.


"Surxon" - OKMK - 1:3

5 mart 2023 yil. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 14:00

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukrullaev, Rishat Nugmanov, Akmmal G'iyosov, Abdurashid Xudoyberganov. 

VAR hakami: Rahimbek Karimov.

VAR yordamchisi: Ruslan Serazetdinov.

Nazoratchi: Konstantin Smirnov.

Komissar: Zoxirjon Akramxonov.

Gollar: Silvanus Nimeli 26, - 1:0 (Diyor Ramazonov). Oybek Rustamov 37, - 1:1 (Mirjamol Qosimov). SHohruh Gadoev 49, - 1:2 (Akrom Komilov). Xurshid G'iyosov 62, - 1:3.

Golga aylanmagan penalti: Xurshid G'iyosov 62 (darvozabon).

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 2.Bobirjon Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Azizbek Pirmuhamedov, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 10.Tamirlan Jamalutdinov, 15.Diyor Ramazonov (11.Qadamboy Nurmetov, 81), 18.Silvanus Nimeli, 55.SHohjahon Sultonmurodov, 99.Kamron Saidazimov (66.Behruz SHaydulov, 68).
Zaxira: 13.Azizxon Isoqov, 35.SHohruh Eshbo'taev, 6.Artem Sokal, 19.Nuriddin Hasanov, 22.Javohir Jo'raev, 25.Nodirbek Bobomurodov, 77.Asadbek Karimov.

OKMK: 25.Valijon Rahimov, 2.Akrom Komilov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 8.Abdulla Abdullaev (3.Sardor Rahmonov, 76), 9.Ruben Sanches (17.Sanjar Tursunov, 90+2), 10.Xurshid G'iyosov (19.Muhammadanas Hasanov, 90+2), 15.Oybek Rustamov, 22.SHohruh Gadoev (11.Irakli Ruxadze, 76), 88.Siavash Haqnazariy (27.Martin Boake, 63).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 13.Eldorbek Begimov, 14.Mirjahon Mirahmadov, 29.Vitaliy Denisov.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+6. O'YIN TUGADI. "Surxon" - OKMK 1:3

90+6. UXXX! Boake qulay vaziyatdan foydalana olmadi

90+2. O'zgarishlar. OKMK. Ruben Sanches o'rniga Tursunov, G'iyosov o'rniga Hasanov tushdi

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shildi

89. UXXXX! Ruben Sanches birga bir vaziyatda zarba berdi, noaniq! To'pni Potapov qaytargan ekan! 

88. Xavfli vaziyat! Qadamboy Nurmatov jarima maydoni ichidan zarba berdi, himoyachi qaytardi!

82. ZARBA! Zaxiradan tushgan Ruxadzening jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

81. O'zgarish. "Surxon". Ramazonov o'rniga Qadamboy Nurmetov tushdi

76. O'zgarishlar. OKMK. Abdullaev o'rniga Rahmonov, Gadoev o'rniga Ruxadze tushdi

68. O'zgarish. "Surxon". Saidazimov o'rniga Behruz SHaydulov tushdi

63. O'zgarish. OKMK. Haqnazriy o'rniga Martin Boake tushdi



62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XURSHID G'IYOSOV 1:3! Penaltini Potapov qaytardi, qaytgan to'pni G'iyosovning o'zi darvozaga yo'lladi!

60. PENALTI! "Surxon" darvozasi tomon, Haqnazariy jarima maydoni ichiga kirayotganida to'p Sultonmurodovning qo'liga tegdi. 

56. O'zgarishlar. "Surxon". Pirmuhammedov o'rniga Nuriddin Hasanov, Jamalutdinov o'rniga Asadbek Karimov tushdi

51. Xavfli vaziyat! G'iyosov birga bir vaziyatga chiqib bordi, Potapov uning zarbasidan keyin to'pni ushlab oldi

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHOHRUH GADOEV 1:2! CHap qanotdan Komilov uzatgan to'pni Gadoev boshi bilan darvozaga yo'lladi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:1

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

45. UXXXXXX! Nimeli hozir barcha himoyachilardan qochib ketdi va birga bir vaziyatda zarba berdi, Valijon Rahimov to'pni qaytardi!

41. ZARBA! Ruben Sanchesning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! OYBEK RUSTAMOV! 1:1. Gadoevning to'p uzatishidan keyin Qosimov orqaroqdagi Rustamovga qoldirdi, Oybekning kuchli zarbasi darvozaga kirib ketdi! 




31. ZARBA! "Surxon" goldan keyin tashabbusni qo'lga oldi, Nimelining to'p uzatishidan keyin Jamalutdinov zarba berdi, noaniq

29. ZARBA! Yana o'sha Nimeli bu safar jarima maydoni tashqarisidan erlatib zarba berdi, Rahimov ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi!

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SILVANUS NIMELI! 1:0. Burchakdan Ramazonov uzatgan to'pni Nimeli boshi bilan darvozaga yo'lladi! 




25. UXXXX! "Surxon"ning ilk hujumi, Jamalutdinov hozir gol urishi mumkin edi, deyarli birga bir vaziyatdan yo'llagan zarbasidan keyin Rahimov to'pni qaytardi!

20. ZARBA! Mirjamol Qosimovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!

14. UXXX! Komilov yana bir burchak to'pini amalga oshirdi, to'p to'g'ri darvozaga qarab ketayotganida Potapov to'pni qaytardi! Bundan tashqari OKMK vakillari darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynashdi

11. OKMKda burchak to'pi, Komilov uzatgan to'pni Anzur Ismoilov darvozaga yo'llashga urindi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

10. Dastlabki 10 daqiqada jamoalar ehtiyotkor futbol namoyish etishmoqda va golga tortadigan vaziyat sodir etilmadi. 



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика