So’nggi yangiliklar

23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  0 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 23:17ПСЖ — "Осер". Таркиблар маълум  0 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  65 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  77 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  3 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  8 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  3 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   26 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  23 19:58ОПЛ. "Сумқайит" ўз уйида мағлуб бўлди, "Сабаҳ" меҳмонда дуранг ўйнади  0 18:17"Ливерпуль" ва "Арсенал"га 65-70 млн фунтлик ўйинчи қизиқ  2 16:46"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Интер"га сотиши мумкин  0

Coca Cola Superligasi. "Metallurg" Toshkent viloyati derbisida bir kishi kam bo'lib qolgan OKMKni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Metallurg" Toshkent viloyati derbisida bir kishi kam bo'lib qolgan OKMKni mag'lub etdi

Coca Cola Superliganing 6-turi doirasidagi “Metallurg” - OKMK bahsi yakunlandi.

“Metallurg” — OKMK 2:0

Bekobod. “Metallurg” stadioni.

Hakamlar: Asker Najafaliev, Olim Abduvasilov, Sanjar SHoyusupov, SHohruh Qayumov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Rishat Nugmanov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: SHerzod Rajabov

Gollar: 1:0 — 55, Ibrohim Ibragimov, 2:0 — 62, SHahzodjon Nematjonov.

"Metallurg": 87. Akmal Ortiqov, 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 9. Zabihillo O'rinboev (23. Behruz SHodmonov, 89), 10. Bektemir Abdumannonov, 14. Abrorbek To'shqo'ziev (19. Ergash Ismoilov, 89), 17. Vladislav Kasminin, 22. SHaxzodbek G'ofurbekov, 25. SHahzodjon Nematjonov (91. Marko Obradovich, 71), 30. Ibrohim Ibragimov (21. Abdujalil Manazarov, 74), 33. Ivan Yosovich.

Zaxiradagilar: 12. Aleksandr Lobanov, 26. Mirkomil Abdurazzoqov, 29. Diyorbek Toirov, 66. Izzatillo Po'latov, 97. Muhammadali Aliqulov.

OKMK: 25. Valijon Rahimov, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 8. Abdulla Abdullaev (11. Irakli Ruxadze, 88), 10. Xurshid G'iyosov, 17. Sanjar Tursunov, 22. SHohruh Gadoev (14. Mirjahon Mirahmadov, 75), 27. Martin Boake (9. Ruben Sanches, 60), 88. Siavash Haqnazariy (15. Oybek Rustamov, 60)

Zaxiradagilar: 1. Botirali Ergashev, 4. Mirjamol Qosimov, 19. Muhammadanas Hasanov, 44. Muhammad Ali Salim, 77. Nodirbek Abdurazzoqov.

Ogohlantirish: Ibrohim Ibragimov (40), Zabihillo O'rinboev (48), Dilshodbek Ahmadaliev (52), Mirjahon Mirahmadov (90+6)

CHetlatish: Sanjar Tursunov (22)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Metallurg"da o'zgarishlar: Zabihillo O'rinboev va Abrorbek To'shqo'ziev o'rniga Behruz SHodmonov va Ergash Ismoilov maydonga tushirildi.

88. Mehmonlarda o'zgarish: Abdulla Abdullaev o'rniga Irakli Ruxadze tushirildi.

84. OKMK hujumga berilib ketdi va himoyasida bo'shliqlar paydo bo'layapti.

77. G'ofurjonovning zarbasidan so'ng Rahimov seyv amalga oshirdi.

75. OKMKda o'zgarish: Mirjahon Mirahmadov SHohruh Gadoevni almashtirdi.

74. "Metallurg"da o'zgarish: Ibrohim Ibragimov o'rniga Abdujalil Manazarov maydonga tushirildi.

71. "Metallurg"da o'zgarish: SHahzodjon Nematjonov o'rniga Marko Obradovich maydonga tushirildi.

66. G'iyosovning zarbasi golga o'xshadi. VAR vaziyatni ko'rib chiqdi, ammo to'p chiziqdan qaytgani qayd etildi.

62. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Nematjonov olmaliqliklarning ajoyib tuhfasini mamnuniyat bilan qabul qildi va bo'sh darvozani ishg'ol qildi!

60. OKMK tarkibida ikki o'zgarish: Siyovash Haqnazari va Martin Boake o'rniga Oybek Rustamov va Ruben Sanches maydonga tushirildi.

60. Nematjonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini raqib posboni egallab oldi.

55. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Sattorovning ajoyib uzatmasidan so'ng Ibragimov bir urinish bilan Rahimovni tomoshabinga aylantirib qo'ydi!

53. Abdumannonov raqib jarima maydonida chap oyoqda zarba yo'lladi, biroz noaniq.

51. G'iyosovning uzatmasidan so'ng ofsaydda turgan Boakening zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

48. SHohruh Gadoevni to'xtatib qolgani uchun O'rinboev ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Haqnazariyning zarbasidan so'ng Akmal Ortiqov to'pni egallab oldi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

40. Ibrohim Ibragimov ogohlantirildi.

38. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Abdumannopov boshlagan hujum O'rinboevning raqib darvozasini ishg'ol qilishi bilan yakunlandi. Biroq o'yindan tashqari holat sodir etilgani uchun gol inobatga olinmadi.

34. Sia burchak zarbasi ishlab oldi, standartdan so'ng Abdullaevning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.

28. Boake hujumda to'p o'rniga raqib posboni bilan to'qnashdi.

22. O'tgan o'yinda etibor markazida turgan Sanjar Tursunov bu o'yinda ham diqqat markazida turadigan bo'ldi. Faqat qizil kartochka bilan.

17. Ushbu daqiqada ushbu raqam egasi burchak zarbasi ijro etdi va vaziyat xavfli tus oldi, ketma-ket ikki zarba esa muvaffaqiyatli chiqmadi.

14. G'iyosovning zarbasidan so'ng Akmal Ortiqov bir muddat parvoz amalga oshirib, to'pni qaytardi.

10. Ikkala jamoa sardorlari to'qnashib ketdi. Oq xalat kiyadigan kasb egalari Sanjar Tursunovdan hol-ahvol so'rab chiqishdi.

10. Ibragimovning zarbasidan so'ng Valijon Rahimov suvga shung'igandek sakrab, to'pni egallab oldi.

9. Yosovich OKMK hujum rejalarini buzib yubordi.

6. OKMK posboni kasbini o'zgartirib, himoyachi qiladigan ishni amalga oshirib, raqib jamoa hujumini bartaraf etdi.

2. Mezbonlarda dastlabki xafli vaziyat yuzaga keldi. Abdumannonovning zarbasidan so'ng raqib darvoza ustuniga tekkan to'p peshonasini g'urra qilib oldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Metallurg" ko'k, OKMK oq rangli libosda harakat qiladi.


Ayni damda "Metallurg" o'n birinchi, OKMK esa beshinchi pog'onada bormoqda.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan “Metallurg” — OKMK uchrashuvining guvohiga aylanamiz. Kun davomida miriqib dam olgan yoki yumushlaringizni tugatib olgan bo'lsangiz bizga hamroh bo'lishingiz mumkin. Ishlaringiz tugamagan taqdirda ham afchuchlanmang, matnli translyaciya orqali uchrashuv muhiti bilan tanishtirib borishga harakat qilamiz.


Uchrashuv 18:15 da boshlanadi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика