So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  23 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  74 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  3 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  176 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  15 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Coca Cola Superliga. Birinchi turda qaysi o'yinga qancha muxlis keldi yoxud so'nggi yillardagi antirekord yangilandi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Birinchi turda qaysi o'yinga qancha muxlis keldi yoxud so'nggi yillardagi antirekord yangilandi

Birinchi turda "Navbahor" muxlislari doimgidek birinchi o'rinda.

3-5 mart kunlari Coca Cola Superligada dastlabki tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bu turning 7ta uchrashuvini ko'rish uchun stadionlarga jami 33017 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bahsga o'rtacha 4717 muxlis keldi deganidir. SHu o'rinda "So'g'diyona" Zominda, "Surxon" esa Toshkentda o'z uy o'yinini o'tkazganini takidlash lozim. SHaxsan o'zim Namangan va Qarshidagi o'yinlarga bundan ham ko'proq tomoshabin kelishini kutgandim. Sababi bu shahar jamoalarining muxlislari juda ham faol hisoblanishadi. Ayniqsa Namanganda oxirgi yillarda ochilish o'yinida doim stadionga odam sig'may ketardi. Bu yil esa stadionning yarmi to'ldi xolos, balki bu chiptalarning narxi bilan bog'liqdir, bunisi menga qorong'u.

Eng ko'p tomoshabin Namangandagi "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuviga keldi - 11707. Eng kam tomoshabin esa Toshkentda o'tgan "Surxon" va OKMK o'rtasidagi bahsga tashrif buyurgan - 373.

Coca Cola Superliga. 1-turda tomoshabinlar tashrifi:
1."Navbahor" - "Qizilqum" 11707 tomoshabin
2."Metallurg" - "Neftchi" 6623 tomoshabin
3."Turon" - "Buxoro" 5521 tomoshabin
4."Nasaf" - "Andijon" 5005 tomoshabin
5."Paxtakor" - "Olimpik" 2350 tomoshabin
6."So'g'diyona" - "Bunyodkor" 1438 tomoshabin
7."Surxon" - OKMK 373 tomoshabin


Lekin oldingi yillar bilan taqqoslaganda dastlabki turga bo'lgan qiziqish tushgan. Buni raqamlar ko'rsatmoqda. Quyida oxirgi yillarda Superliganing 1-turiga qancha tomoshabin kelganini havola qilamiz:

2023 yil - 33017 (7ta o'yin)
2022 yil - 43393 (7ta o'yin)
2021 yil - 47752 (7ta o'yin)
2020 yil - 38607 (7ta o'yin)
2019 yil - 60689 (7ta o'yin)
2018 yil - 80347 (6ta o'yin)

2018 yilda chempionatda jamoalar soni 12ta bo'lgan va bitta turda o'yinlar soni 6ta bo'lgan. SHunga qaramay tomoshabinlar tashrifi oxirgi yillardagi eng yuqorisi bo'lgan ekan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика