So’nggi yangiliklar

07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  0 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  30 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  9 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  24 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  7 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  5 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3

Coca Cola Superliga. 18-tur uchrashuvlari sanalari malum Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 18-tur uchrashuvlari sanalari malum

O'zPFL Coca Cola Superliga klublarining sentyabr oyi uchun taqvimini elon qilgandi.

Ayni vaqtda uchrashuvlar belgilangan Reglament asosida o'tkazib kelinyapti.

Oktyabr oyida milliy terma ikki o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirgan. Ikkinchi uchrashuv katta ehtimol bilan safarda o'tadi. Pandemiya sharoitida aviareyslar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. SHundan kelib chiqib, O'zPFL milliy terma futbolchilarining aniq qaytish sanalaridan kelib chiqib, qolgan uchrashuvlar sanalarini shakllantiradi.

Unga qadar esa quyida 18-tur haqida malumot olish mumkin. Bunda “Paxtakor” ishtirokidagi uchrashuv tahminiy sanaga tayin qilindi. Klub CHempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritsa, Toshkent derbisi boshqa sanaga qoldiriladi. Malumot uchun, “Paxtakor”ning “So'g'diyona”ga qarshi 17-turdan joy olgan uchrashuvi ham CHempionlar ligasidagi natijasiga bog'liq bo'lib turibdi.

SHundan kelib chiqib, Jizzax klubining “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvi 3 oktyabr sanasiga qo'yildi. Ehtimolda klub avvalroq “Paxtakor”ga qarshi uchrashuv o'tkazishi ham mumkin. Barchasi Toshkent klubining xalqaro maydondagi natijasi bilan chambarchas bog'liq.

18-tur
1 oktyabr, payshanba

METALLURG — ANDIJON
SURXON — AGMK

2 oktyabr, juma
BUXORO — NAVBAHOR
QIZILQUM — QO'QON-1912

3 oktyabr, shanba
NASAF — MASH'AL
SO'G'DIYONA — LOKOMOTIV

4 oktyabr, yakshanba

BUNYODKOR — PAXTAKOR

5 oktyabrdan FIFA kunlari start oladi va u 13 oktyabrga qadar davom etadi. Yuqorida takidlanganidek, O'FA Terma jamoalar bo'limi safardan qaytish rejasiga aniqlik kiritsa, oktyabr oyining keyingi taqvimi shakllantiriladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика