So’nggi yangiliklar

19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  5 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  13 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи" (матнли трансляция)  13 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  4 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  8 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  15 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1

Coca Cola O'zbekiston kubogi. "Navbahor" "Paxtakor"ni mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi! Yangiliklar

Coca Cola O'zbekiston kubogi. "Navbahor" "Paxtakor"ni mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi!

Coca Cola O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Coca Cola O'zbekiston Kubogi. 1/4 final

"Navbahor" – "Paxtakor" - 2:1
2 sentyabr 2022 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 20:00
Namangan. "Markaziy" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: SHahzod Azmiddinov 14, - 0:1 (Dostonbek Hamdamov). Jamshid Iskanderov 17 penalti, - 1:1. Jamshid Iskanderov 51 penalti, - 2:1.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Boyan Ciger, 6.Rustamjon Ashurmatov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Diyorjon Turopov (20.Doniyor Abdumannopov, 68), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov (7.Azimjon Ahmedov, 61), 32.Zoran Marushich, 77.Asadbek Sobirjonov (11.Jasur Yaxshiboev, 68).
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 2.Egor Krimec, 8.Mirlan Murzaev, 9.Vladimir Kozak, 19.Nurillo To'xtasinov, 28.Stanislav Andreev.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Aleksandr Nasonov, 6.Ikrom Aliboev (42.Abbos Fayzullaev, 66), 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Pshemislav Banashak, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev (63.Muhammadali O'rinboev, 86), 88.SHahzod Azmiddinov.
Zaxira: 33.Eldorbek Suyunov, 8.Azizbek Turg'unboev, 13.Iliya Martinovich, 28.Diyor Xolmatov, 46.SHahriyor Jabborov, 77.Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirishlar: Farruh Sayfiev 20, Ikrom Aliboev 50, Jamshid Boltaboev 71, Maksim SHackix 80 ("Paxtakor" bosh murabbiyi), Odiljon Hamrobekov 83.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi. "Navbahor" yarim finalda! 



90. O'yinga 4 daqiqa qo'shildi

89. Bugungi o'yinga 15 800 nafar muxlis tashrif buyurdi.

86. O'zgarish. "Paxtakor". Sayfiev o'rniga O'rinboev

83. Ogohlantirish. "Paxtakor". Odiljon Hamrobekov 

80. Ogohlantirish. "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix

78. Xavfli vaziyat! Abdumannonov birga bir vaziyatda zarba berdi, Quvvatov to'pni qaytardi!!!

71. Ogohlantirish. "Navbahor". Jamshid Boltaboev



69. ZARBAAAAA! Dastlab Golbanning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pdan keyin Azim Ahmedovning kuchli zarbasi noaniq ketdi! 

68. O'zgarish. "Navbahor". Turopov va Sobirjonov o'rniga Abdumannopov va Yaxshiboev tushdi

66. O'zgarish. "Paxtakor". Aliboev o'rniga Fayzullaev

61. O'zgarish. "Navbahor". Hoshimov o'rniga Ahmedov tushdi

58. Goldan keyin "Paxtakor" hujumkorlikni oshirdi, Banakash jarima maydoni ichiga kirib bordi va burchak to'pi ishladi

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jamshid Iskanderov penaltidan gol urdi va 2:1. VIDEONI KO'RISH



50. PENALTI! "Paxtakor" darvozasi tomon! Ikrom Aliboev markazda qo'pol xato qildi va o'z jarima maydoni ichida Sobirjonovni yiqitdi deb topdi hakam.

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:1

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

45. ZARBAAAAA! Sobirxo'jaev jarima maydoni ichidan zarba berdi, noaniq!

44. UXX! ZARBAA! Iskanderov raqib himoyachisidan chiroyli qochib ketdi va to'pni sherigiga uzatdi, Marushichning zarbasi noaniq ketdi!

38. ZARBAAAAAAAA! Sobirjonov 16 metrdan darvozaga kuchli zarba berdi, Quvvatovdan ajoyib seyv!

34. "Paxtakor" gol urdi, ammo Sayfiev o'yindan tashqari holatda turgandi va gol inobatga olinmadi

31. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Sayfiev to'pni jarima maydoniga uzatdi, Yusupov o'z o'rnida

26. ZARBAAAAA! Turopov uzatgan to'pni Marushich darvozaga yo'lladi, noaniq!

24. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Marushich birga bir vaziyatda zarba berdi, Quvvatovdan seyv! 

20. Ogohlantirish. "Paxtakor". Farruh Sayfiev

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jamshid Iskanderov 1:1. Iskanderov penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi! VIDEONI KO'RISH



15. PENALTI! "Paxtakor" darvozasi tomon! Hamrobekov to'pni qo'li bilan o'ynadi!

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHahzod Azmiddinov 0:1. Hamdamov burchakdan uzatgan to'pni Azmiddinov boshi bilan darvozaga yo'lladi!  VIDEONI KO'RISH



1. O'YIN BOSHLANDI!



- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика