So’nggi yangiliklar

09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  4 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27

CHeran, Yusupov, Hasanov. Superliganing bu yilgi "kapitan"lari kimlar? Yangiliklar

CHeran, Yusupov, Hasanov. Superliganing bu yilgi "kapitan"lari kimlar?

Barcha sog'ingan Superliga uchrashuvlari bugundan boshlab start oladi. Jamoalar startga shay holatda.

PFL ham tayyor, hakamlar elon qilingan. Lekin qiziq tomoni bu yil jamoalarni qaysi futbolchilar maydonga sardor sifatida boshlab tushadi? Etakchi rolida kimlarni ko'ramiz? Quyida batafsil. 


"Paxtakor" - Dragan CHeran 

Dragan CHeran allaqachon "Paxtakor"ning almashtirib bo'lmas muhim figurasiga aylanib bo'lgan. Bu yil "sherlar"ni aynan u sardorlik bog'ichi ostida maydonga boshlab tushadi. Maydon markazida faollikni qo'ldan boy bermaydigan, nostandart qarorlarga ega CHeran uchun bu O'zbekistondagi sakkizinchi mavsum hisoblanadi. 

"Navbahor" - O'tkir Yusupov 

O'tkir Yusupov nafaqat "Navbahor"ning, balki Katanec kelgach milliy terma jamoamizning ham birinchi raqamli posboni sifatida gavdalanmoqda. Mahoratli kiper o'tgan mavsumda ham jamoasining sardori bo'lganini aytib o'tish joiz. 

"Nasaf" - Umar Eshmurodov 

"Ajdarlar" tarkibidagi eng tajribali futbolchilardan biri Umar Eshmurodov ekanligini bilasiz. Himoyachi bir necha yildan beri muntazam ravishda "Nasaf"ning sardori sifatida harakat qilib kelmoqda. U bu mavsumda ham o'z vazifasini bajarishda davom ettiradi. 

AGMK - Sanjar Tursunov/Anzur Ismoilov 

AGMK jamoasida etakchi maqomidagi tajribali ijrochilar bir necha nafarni tashkil qiladi. Sardor sifatida avvalgi mavsumlarda jamoada Sanjar Tursunov to'p tepdi. Lekin hozirda Sanjar Tursunov jarohat sabab safga qaytguniga qadar uning o'rnini Anzur Ismoilov bilintirmaslikka harakat qiladi. Har holda qishki yig'inlarda tashkil qilingan o'rtoqlik uchrashuvlarida u sardor sifatida boshlab tushdi. 

"Qizilqum" - SHerali Jo'raev 

Navoiyliklar tarkibi har yili yangicha ko'rinish oladi. Bu yil nisbatan yoshartirildi, katta nomlardan voz kechildi. Bu yil "Qizilqum"ni jamoada tajribali futbolchi SHerali Jo'raev sardor. Uning tajribasi oldindagi mavsumda qo'l kelishi turgan gap. 



"So'g'diyona" - Jasur Hasanov

Bugungi kunda Superliganing eng yoshi katta o'yinchisi, shunga qaramay yaxshi sport formasida ko'pchilikka o'rnak bo'layotgan Jasur Hasanovning "So'g'diyona"ning sardori bo'lishini taxmin qilish qiyin emas. U o'tgan yillar davomida ham jizzaxliklarning etakchisi bo'lib keldi va bu mavsumda ham uni shu rolda ko'ramiz. 



"Olimpik" - Behzod SHamsiev 

"Olimpik" tashkil qilingandan va undan avval terma jamoa miqyosida ham Behzod SHamsiev sardorlik masuliyatini o'z zimmasiga olgan. Jarohat sabab orada malum vaqt rasmiy o'yinlarni o'tkazib yuborgan futbolchi o'tgan mavsumda yana o'z sport formasini tiklab oldi. 


(davomi bor)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика