So’nggi yangiliklar

02:30Ла Лига. ​"Атлетико" "Райо Вальекано"га қарши ўйинда камбэк амалга ошириб, ғалаба қозонди. Альваресдан феноменал ўйин  1 02:14Европа лигаси. "Рома" ғалабага эришди, "Бетис" ва "Ноттингем" муроса кўчасини танлашди, "Фенербаҳче" эса ютқазди  0 01:55Англия лига кубоги. "Манчестер Сити", "Арсенал", "Тоттенхэм ва "Ньюкасл" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 00:54"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси рўйхатига киритади. УЕФА қоидаларга ўзгартириш киритган  1 00:35Руни: "Одамлар Месси кучлироқ деганим учун мени Роналдуни ёмон кўради деб ўйлашади"  3 00:03УЕФА Исроилни четлатмайди. Бу масала кун тартибидан олиб ташланди  13 23:35ФИФА Жаҳон чемпионати иштирокчилари сонини оширмайдиган бўлди  2 22:49Айбек Нурбаев: "Олимпик MobiUz"ни яхши ўрганган эдик"  3 22:22Янги мавсумдаги илк "Эл Класико"нинг бошланиш вақти ва санаси аниқ!  1 22:06Футзал. Ўзбекистон мағлуб бўлди, лекин Осиё чемпионатига чиқди  9 21:45Алонсо ва Флик – Ла Лигада сентябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга номзод  5 21:25Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қирғизистонга имкониятни бой берди  35 20:54Рио Фердинанд: "Руни – АПЛ тарихидаги энг мукаммал ҳужумчи. Йиртқични Кейн, Ширер ёки бошқалар билан солиштирманг"  5 20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  7

CHempionlik intrigalari Yangiliklar

CHempionlik intrigalari

Bir yo'la uch klub kutilmaganda qoqila boshladi.

Jahon chempionatidan keyin PSJ 5 marta mag'lub bo'ldi va raqobatchilar bilan farq deyarli yo'qqa chiqdi 

Parijda PSJ ustozi Kristof Galte ustida qora bulutlar to'plana boshladi. Mundial yakunlangach va klub futboli qaytagnidan beri uning shogirdlari chempionatning 3 uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi, mamlakat Kubogidan chiqib ketishdi, shuningdek, CHempionlar Ligasi 1/8 finalida o'z uylarida "Bavariya"ga imkoniyatni boy berishdi.

Barcha natijalar, muammolardan tashqari jamoadagi ichki muhit ham hozir unchalik yaxshi emas. Yulduzlar Kristof Galtening ish uslubiga shubha bilan qaray boshlagan va eskirgan taktik ishlanmalardan foydalanishda ayblashmoqda. Francuzning ehtimoliy istefosi va ishsiz yurgan Zinedin Zidan borligi sababli mavsumlar oralig'ida yangi bosh murabbiy tayinlanishi haqidagi mish-mishlar ortib bormoqda. Anchadan buyon Zizuni PSJ boshqaruvini qo'lga olishi haqida gapirilayotgani tufayli, uning o'zidan ham bu borada so'rab ulgurishdi:

"Men hali ham murabbiylik qilishni istayman. Hozircha bo'sh vaqtim etarli, lekin bu qancha davom etishini bilmayman. Vaqtim balki iyungacha bordir, lekin barcha undanda tez o'zgarib ketishi mumkin".

Bundan tashqari klubdagilarning mojarolari tufayli vaziyat yanada taranglashmoqda. "Monako"ga qarshi o'yin tanaffusida Neymar va Markinos hamda Luish Kampush o'rtasida nizo kelib chiqqan. Xabar qilinishicha, Kampush PSJning o'yinidan noroziligini yashirmagan va bazi futbolchilar manziliga keskin fikrlar bildirgan. Bahsdan keyin Neymar ushbu malumotni tasdiqladi.

Braziliyalikning klubdagi holati ham avvalgidagidek emas. Futbolchining o'zi qolishni istayotgan bo'lsada, jamoa rahbariyati hujumchini sotib yuborish uchun variantlar izlashni boshlab yuborgan. Neymarning Parijni tark etish niyati yo'qligiga yana bir isbot sifatida, u 6 o'yinda, jamoaga yordami kerak bo'lgani uchun, to'pig'i jarohatlanganiga qaramay, maydonga tushganini keltirish mumkin.

Bularning barchasi jamoani zaiflashtiradi va "Marsel", "Monako" va hatto "Lans" parijliklarning takror qoqilishidan umidvor bo'lishi uchun zamin yaratadi. 24-turga kelib, birinchi va ikkinchi o'rindagi jamoalar o'rtasidagi farq 5 ochko — etib bo'lmas masofa emasdek tuyulmoqda. Kecha PSJ "Lill" bilan o'ynadi va og'ir bahsni qo'shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga o'z foydasiga hal qildi. Oldinda "Marsel" bilan to'qnashuv bor. Agar ochko yo'qotilsa, chempionatdagi intriga yanada oshadi.


"Bavariya" kutilmaganda chempionlikdan quruq qolishi mumkin

Klublar futboli qaytgach, myunxenliklar g'alaba qozonishdan ko'ra, ko'proq ochko yo'qotishmoqda. Bundesliganing 6 turida "Bavariya" hisobida 2 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat. Etiborlisi, bundan avvalgi mag'lubiyat sentyabrda qayd etilgandi.

21-turda myunxenliklar Gladbaxning "Borussiya"siga qarshi to'p tepishdi. 2011 yil yozidan buyog'ini hisoblaydigan bo'lsak, tenglikni ko'rishimiz mumkin edi. Biroq endi o'zaro to'qnashuvlarda gladbaxliklar etakchilik qilishmoqda. Ular yana "Bavariya"ni enga olishdi.

Yo'qotilgan ochkolarni inobatga olsak, intriga oshib bormoqda. Amaldagi chempionga qarshilik qilayotgan "Union" va Dortmundning "Borussiya"si orzusi ancha reallashib borayotganidan ruhlanishi mumkin. Ular ajoyib sport formasida va va chempionat restartidan keyin mag'lub bo'lishmadi. Natijada har ikki jamoa "Bavariya"ga etib oldi. CHempionat yakunigacha hali ancha bor va bu vaqt oralig'ida ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin.

Ammo "Bavariya" har qanday holatda ham chempionlik uchun asosiy favoritligicha qolaveradi. Qishda klub tarkibini birmuncha kuchaytirib oldi. Jarohatlangan Manu Noyer o'rniga Yan Zommer, himoyaga "Ayaks"dan yarim yilga Blind olib kelindi va "Siti"dan Kanselu sotib olish huquqi bilan ijaraga olindi.


"Arsenal" va "Manchester Siti" o'rtasidagi kurash hali oldinda

Angliyada nafaqat evrokuboklar yo'llanmalari uchun, balki chempionat etakchiligi uchun ham jiddiy kurash kechmoqda. "Kanonirlar" uchun oxirgi bir yarim oyni omadli deb bo'lmaydi. Jamoa 3 bor mag'lubiyatga uchradi, "Brentford" bilan durang va "Manchester Siti" deyarli etib oldi.

Ochko yo'qotilgan o'yinlardan biri o'zaro kurashda qayd etildi. "Arsenal" "Emireyts"da "Siti"ni enga olmadi. Bir qarashda Gvardiola buyog'iga o'yin borasida ham, natijalarni ham yaxshilab, xuddi "Liverpul"ni ortidan quvgandagidek temp oladigandek tuyulgandi. Bunga futbolchilar ham ishondi Jek Grilish "Arsenal" bilan o'yindan keyin quyidagicha fikrlarni bildirdi:

"Menimcha, eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik. Tan olish kerak, "Arsenal" yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. Odamlar oxirgi yillarda "Siti"ning albatta qandaydir g'alabali seriyalariga guvoh bo'lib o'rganib qolishgan. SHunga o'xshash holat JCH-2022dan keyin ham yuz berishini umid qilgandik. Biz bazi o'yinlarda ochko yo'qotdik, lekin buyog'iga barchasi yaxshi bo'ladi deb o'ylayman – g'alabali seriya boshlanish arafasida, buni sezyapman".

24-turda londonliklar baxtiga farq oshdi "Arsenal" "Aston Villa" bilan bahsda kambekka erishdi, "shaharliklar" esa kutilmaganda Nottingemda ochko yo'qotishdi. Qiziq tomoni "Siti" bu mavsum bazi muammolarga duch kelmoqda. Faqatgina bir marta g'alabali seriya 3 ta g'alabagacha bordi – kuzning o'rtalarida. SHundan buyon g'alabali odimlar 2 o'yindan oshmayatpi, yuzaga kelgan vaziyatda esa Pep shogirdlari ochko yo'qotishlari mumkin emas.

Bugungi kunda "kanonirlar" "Siti"ni 2 ochkoga ortda qoldiryapti va 1 ta o'yin zaxirasida bor. Anchadan buyon zaxirada qolib kelayotgan o'sha o'yin ham keyingi hafta o'tkazilishi reja qilingan. Fevral oxirida jamoalar o'tkazgan o'yinlari soni tenglashadi va yo'qotilgan ochkolarni hisoblashga hojat qolmaydi. Yaqindagina oradagi farq juda katta edi, keyin ko'z ochib-yumguncha "Siti" raqibga etib oldi va kimlar uchundir chempionlikni ilib ham ketgandi. Biroq yana 1 tur o'tib, endi "Arsenal" ehtimoliy 5 ochko farq bilan etakchi. Bu kurashda kim g'olib bo'lishi osonlikcha aniqlanmaydiganga o'xshaydi. 


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика