So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  5 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

CHempionga qarshi o'yinchilarni ruhlantirish shart emas. Vadim Abramov Paxtakor ustidan g'alaba va chorakfinal haqida Yangiliklar

CHempionga qarshi o'yinchilarni ruhlantirish shart emas. Vadim Abramov Paxtakor ustidan g'alaba va chorakfinal haqida

O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi Dinamo - Paxtakor (3:2) uchrashuvidan keyin dastlab samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugungi g'alaba qanchalik tarixiy ahamiyatga ega ekanligini bilmayman, ammo bugun samarqandlik muxlislarga bayramona kayfiyat taqdim eta olganimizdan xursandman. Umid qilamanki, endi stadionda muxlislarning kelishi ham ko'payadi. Biz «Paxtakor»ni o'rgangan edik, ularni qanday o'ynashini bilardik. O'ylaganlarimiz ish berdi. Birinchi bo'limda o'yinimiz chiqdi, 3ta gol urdik. SHundan keyin o'yinni nazorat qilishimiz, 2ta gol o'tkazib yubormaslik lozim edi. Ammo «Paxtakor» chempion jamoa, o'yinchilarining darajasi baribir o'z so'zini aytdi. SHunga qaramay, yigitlarimiz ishtiyoq va mehnat evaziga g'olib chiqishdi.

Hisob 3:1 bo'lgan paytda Abubakr Muydinov bo'sh darvoza qarshisida qolib, hisobni yiriklashtirganida, o'yin oxiri bunaqa asabiy va intrigali bo'lmasdi. CHunki o'yin yakuni tobora futbolchilarimizning vaqtni cho'zishga uringanini oqlamayman, sababi o'zim bunday harakatlar tarafdori emasman. Ammo jamoam g'alabani saqlab qolishga urindi, bu kuchli raqibga qarshi uchraydigan holat. 

«Paxtakor»ga Superliga va OCHLda omad tilayman. Fikrimcha, ular bugun bizni mensimay maydonga tushishgan bo'lsa kerak. 

Boshqaruvimdagi «Dinamo»ning eng yaxshi o'yinimi? Ha, birinchi bo'limda aqlli o'ynadik, qarshi hujumlarda ham omadimiz keldi. Bu raqib «Paxtakor» ekani bilan ham bog'liq, odatda o'yinchilarning o'zida ham ishtiyoq kuchli bo'ladi. Eng asosiysi g'alabani unutib, o'sishda, kurashishda davom etish. 

- Milliy jamoadagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin murabbiy sifatida katta sahnaga qaytish desa bo'ladimi? 

-Bilmadim, buni qanday izohlash mumkin. Gap shundaki, «Dinamo» bilan quyi ligadamisan yoki oliy ligadami, baribir ham o'z ishing bilan isbotlashingga to'g'ri keladi. Pro ligada ishlab shunga amin bo'ldimki, Superligadan ko'ra quyi ligada ishlash qiyin ekan. CHunki o'yinlar taqvimi shu darajadaki, biz oxirgi marta 2 oy oldin o'yin o'tkazgandik. Bunday paytda jamoada pasayish bo'lmasligini saqlab qolish juda qiyin. 


- Bu o'yin sizning boshqaruvingizda Yaponiya ustidan qozonilgan tarixiy g'alabani yodga soldi...

- Qo'ysangiz-chi.., ha o'sha tarkibdan bugun Dilshod Rahmatullaev va Bahodir Nasimov maydonda edi. 


- O'yindan oldin futbolchilar bilan nima haqda gaplashdingiz? 

- Bunday o'yinlarda futbolchilarni ruhlantirish uchun nimadir aytish shart emas. «Paxtakor» chempion jamoa, bunday raqibga qarshi jamoaning o'zi ham nimalarga qodirligini ko'rsatishni istaydi. O'yinchilarni quyi o'rinlardagi jamoalarga qarshi bahslarga tayyorlash qiyinroq. Yigitlar mehnatlariga yarasha natijaga erishishdi. Ulardan minnatdorman.


- 1/8 finalga qura tashlashdan avval «Paxtakor» tushishi mumkinligini taxmin qilgan edingiz. CHorakfinalda qaysi raqibni kutgan bo'lardingiz?

- Taxmin qilishni istamasdim, keling qolgan o'yinlarni ham kuzataylik, vaqt ko'rsatadi. 


- Samvel Babayan boshchiligidagi «Navbahor» chorakfinalga yo'l olsa, tushsa-chi?

- «Navbahor» bo'lsa, «Navbahor». Nega endi yo'q? Vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика