"CHelsi"ni 12 nafar futbolchi tark etishi mumkin - barcha nomlar malum
23 iyu 2024 23:29
Yangiliklar
"CHelsi"ni 12 nafar futbolchi tark etishi mumkin - barcha nomlar malum
Londonning "CHelsi" jamoasi o'z tarkibini yangilamoqchi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "ko'klar" yozgi transfer oynasida 12 nafar futbolchisini qo'yib yuborishi mumkin.
Manbaning qayd etishicha, gap darvozabonlar Kepa Arrisabalaga, Jorj Petrovich va Gabriel Slonin haqida ketmoqda. Bundan tashqari, "CHelsi" himoyachilar Benjamin CHiluell, Trevo CHaloba va Malang Sarr, yarim himoyachilar CHezare Kasadei va Andrey Santos, shuningdek, hujumchilar Rahim Sterling, Datro Fofana, Romelu Lukaku va Armando Broeya bilan xayrlashishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunida "CHelsi" APL turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallagandi. Yangi mavsum 16 avgustda boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar