"CHelsi" vakili 2018 yilning sentyabridan buyon ilk bor APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
10 may 2024 16:30
Yangiliklar
"CHelsi" vakili 2018 yilning sentyabridan buyon ilk bor APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
Sovrinni "CHelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer qo'lga kiritdi.
Palmer o'tgan oy Angliya chempionatida 4 ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi 7 ta gol urdi va sherigiga 1 ta golli pas uzatdi.

Sovringa Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Yoshko Gvardiol ("Manchester Siti"), Kay Haverc ("Arsenal"), Jan-Filip Mateta ("Kristal Pelas") va Jordan Pikford ("Everton") davogarlik qilgandi.
Qizig'i shundaki, "CHelsi" vakili oxirgi marta 2018 yilning sentyabrida APLda oyning eng yaxshi futbolchisiga aylangandi. O'shanda Eden Azar sovrinni qo'lga kiritgan edi. Avvalroq 2023/2024 yilgi mavsum APLda oyning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrinni Jeyms Meddison, Son Xyon Min, Muhammad Saloh, Harri Maguayr, Dominik Solanke, Diogo Jota, Rasmus Xoylund va Rodrigo Munis qo'lga kiritgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar