So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:1 (матнли трансляция)  32 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

"CHelsi" ularsiz chempion bo'la olmasdi! (FOTO) Yangiliklar

"CHelsi" ularsiz chempion bo'la olmasdi! (FOTO)

Xabaringiz bor, kecha Londonning "CHelsi" jamoasi muddatidan oldin Angliya CHempionligini qo'lga kiritdi.

SHu munosabat bilan, ushbu chempionlikka hissa qo'shganlarni alohida takidlab o'tishni lozim topdik.

Fursatdan foydalanib yurtimizdagi "CHelsi" muxlislarini tabriklab qolamiz.

Tibo Kurtua. "CHexning o'zi yaxshi edi" deydiganlarni uyaltira oldi belgiyalik posbon


Jon Terri. 34 yoshli himoyachi "CHelsi" sardorligi ostida 4-chempionligini tantana qildi


Sezar Aspilikueta. Ispaniyalik futbolchi o'z o'yinlari bilan asosiy tarkibga mos futbolchi ekanligini isbotlay oldi


Nemanya Matich. Mourino matbuot anjumanlaridan birida futbolchiga "monstr" deb baho berdi. Haqiqatdan ham, serbiyalik futbolchi o'z vazifasini ajoyib tarzda uddalay oldi


Sesk Fabregas. Ispaniyalik futbolchi jamoaga kelgan ilk mavsumidayoq APL chempionligini qo'lga kiritdi. "Arsenal"da o'ynab yurgan vaqtlari esa...


Eden Azar. Agar u bo'lmaganida bugun "CHelsi"ning chempionligi haqida ushbu maqola tayyorlanmasligi ehtimoli mavjud edi. Mourino bejizga aytmagan: "Azarning har bir oyog'i 100 million funt turadi". Darvoqe, belgiyalik futbolchi shuningdek ushbu mavsumda APLning eng zo'r futbolchisi deb topildi


Diego Kosta. 20 ta gol kiritgan futbolchi mavsumning eng yaxshi to'purari bo'lishga ham davogar


Villian. Braziliyalik futbolchi ham o'ziga bildirilgan ishonchni ushbu mavsum to'lig'icha oqladi


Joze Mourino. Portugaliyalik murabbiyning bir gapi bor: "Oxirgi kulganning kulgisi haqiqiy kulgi". ("Smeetsya tot, kto smeetsya poslednim"). Jozening uslubiga faqat va faqat qoyil qolish kerak


Roman Abramovich. Klub ho'jayini. Aynan uning pullari evaziga jamoaga kerakli va kuchli futbolchilar sotib olindi. Ushbu ro'yhatga uni ham qo'shib ketmaslik adolatsizlik bo'lardi


Horij saytlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика