“CHelsi” Sterling bilan necha yillik shartnoma imzolashi malum. U APLda eng ko'p maosh oladigan futbolchilar uchligiga kiradi
10 iyu 2022 08:10
Yangiliklar
“CHelsi” Sterling bilan necha yillik shartnoma imzolashi malum. U APLda eng ko'p maosh oladigan futbolchilar uchligiga kiradi
“Manchester Siti” futbolchisi Rahim Sterling faoliyatini “CHelsi”da davom ettiradi.
SHartnoma 5+1 ko'rinishida imzolanadi. Londonliklar vingerning transferi uchun 47,5 mln funt (+2,5 mln bonus) mablag' sarlashi malum bo'ldi.
Angliya TJ azosi yangi jamoasida haftasiga 300 ming funtdan oshiqroq topadi. Bu klubdagi futbolchilarnikidan ko'p va u APLda eng ko'p maosh ishlaydigan o'yinchilar uchligiga kiradi.
Hozirda “aristokratlar” 27 yoshli inglizning Londonda tibbiy ko'rikdan o'tishi ustida ishlamoqda. Agar barchasi ijobiy yakunlasa, u klub bilan mavsumoldi tayyorgarlik uchun AQSHga uchib ketadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar