"Chelsi" "Real"ning transfer maqsadini qo'lga kiritishga harakat qiladi
28 sen 13:09
Yangiliklar


"Chelsi" "Real"ning transfer maqsadini qo'lga kiritishga harakat qiladi
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi "qaymoqranglilar" safiga qaytishi ehtimoli yuqori, chunki ularda futbolchini qaytarib sotib olish imkoniyati bor. Ammo, Pasning o'zi buni rad etsa, "Chelsi"da imkoniyat paydo bo'ladi.
"Komo" Ispaniya grandining futbolchini sotib olish bandini olib tashlash uchun Pas bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib olmoqchi. Klub o'shanda 21 yoshli futbolchini 80 mln evroga sotishi mumkinligiga ishonmoqda.
Pas 2020 yildan beri "Real" tizimida edi. 2024 yilning yozida "qaymoqranglilar" yarim himoyachini "Komo"ga sotdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar