"CHelsi" Ispaniyadan darvozabon topdi
25 iyu 12:15
Yangiliklar
Angliyaning "CHelsi" klubi Ispaniyaning "Vilyarreal" jamoasi darvozaboni Filip Yorgensenni sotib olmoqchi, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Xabarlarga ko'ra, "ko'klar" "el submarino amarilo"ga 22 yoshli Yorgensen uchun 20 mln evrolik taklif bilan chiqqan. Darvozabonning o'zi bilan muzokaralar o'tgan hafta boshlangandi – Yorgensen bu transferga qarshi emas.
Filip Yorgensen 2023/24 yilgi mavsum "Vilyarreal" tarkibida 37 ta o'yin o'tkazib, 64 ta gol o'tkazib yuborgan, 6 ta o'yinda darvozani "quruq" saqlagan.
Fikrlar