So’nggi yangiliklar

11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  0 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  3 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  1 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  2 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  9 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5

CHelsi - 110 yoshda! Yangiliklar

CHelsi - 110 yoshda!

Bugun Angliya va jahonning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblangan Londonning "CHelsi" jamoasi tashkil etilganiga 110 yil bo'ldi. SHu munosabat bilan klub haqidagi kichik maqolani jamoa muxlislariga tuhfa etamiz.
"CHelsi" 1905 yilda tashkil qilingan. Jamoa nomi shunday ekanligiga qaramasdan klub qarorgohi CHelsida emas, ularga qo'shni bo'lgan Fulxemda joylashgan. Jamoaning uy stadioni "Stemford Bridj" ham Fulxem hududida qad rostlagan.

Klub tarixiga to'xtaladigan bo'lsak, stadion ho'jayini hisoblangan Gas Mirs maydonni "Fulxem" jamoasiga ijaraga berib pul ishlamoqchi bo'ladi. Ammo, ushbu taklifga klub vakillari rad javobini beradilar. SHunda tadbirkor yangi futbol jamoasi tuzishga qaror qiladi. SHu tariqa 1905 yilning martida "CHelsi" nomli yangi futbol jamoasi tuziladi.


Jamoaning ilk tarkibi. 1905 yil.


Jamoaning turli yillardagi emblemalari:

1905  - 1952 yillar     1952  - 1953 yillar    1953  - 1986 yillar



1986 - 2005 yillar   2005 - 2006 yillar    2006 - hozirgi paytgacha



Klub ilk chempionligini 1954/55 yilgi mavsumda qo'lga kiritgan



Jamoaning uy stadioni: "Stemford Bridj".
Sig'imi: 41 841 tomoshabin



2003 yilning yozida klubni rossiyalik biznesmen Roman Abramovich 140 million funt evaziga sotib oladi. SHundan so'ng klub tarixida yangi sahifa ochiladi.



2011/12 yilgi mavsumda jamoa tarixidagi eng katta yutuq qo'lga kiritilgan: Evropa CHempionlar Ligasi

Jamoa sovrinlari:

Birinchi divizion / Premer-liga
    • CHempion (4): 1954/55, 2004/05, 2005/06, 2009/10
    • Vice-chempion (4): 2003/04, 2006/07, 2007/08, 2010/11
  • Ikkinchi divizion
    • CHempion (2): 1983/84, 1988/89
    • Vice-chempion (5): 1906/07, 1911/12, 1929/30, 1962/63, 1976/77
  • Futbol associaciyacisi kubogi
    • Sovrindor (7): 1970, 1997, 2000, 2007, 2009, 2010, 2012
    • Finalchi (4): 1915, 1967, 1994, 2002
  • Futbol ligasi kubogi
    • Sovrindor (5): 1965, 1998, 2005, 2007, 2015
    • Finalchi (2): 1972, 2008
  • Angliya Superkubogi
    • Sovrindor (4): 1955, 2000, 2005, 2009
    • Finalchi (6): 1970, 1997, 2006, 2007, 2010, 2012

Xalqaro

  • Evropa CHempionlar Ligasi
    • Sovrindor (1): 2012
    • Finalchi (1): 2008
  • Evropa Ligasi
    • Sovrindor (1): 2013
  • UEFA Kubok egalari kubogi
    •  Sovrindor (2): 1971, 1998
  • UEFA Superkubogi
    • Sovrindor (1): 1998
    • Finalchi (2): 2012, 2013
  • Klublar o'rtasidagi JCH
    • Finalchi (1): 2012

Bugungi yubiley sana bilan "CHelsi" jamoasining muxlislarini tabriklab qolamiz va jamoaning kelgusi faoliyatida omadlar tilaymiz!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика