So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  25 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada iyun-iyul oyining eng yaxshilarini aniqladi Yangiliklar

Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada iyun-iyul oyining eng yaxshilarini aniqladi

"Championat.asia" Transfermarkt portali bilan hamkorlikda "Superligada oyning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi" ruknini davom ettiradi.

Ovoz berish jarayonida Transfermarkt xodimlari va "Championat.asia" sayti tahririyati ishtirok etdi. Qolaversa, AGMK, "Bunyodkor" va O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Kamoliddin Murzoev ham ekspert sifatida qatnashdi. Murzoev ayni paytda O'zbekiston Futbolchilar uyushmasi raisi sifatida faoliyat olib boradi.

Superligada iyun-iyul oylarining eng yaxshi murabbiyi deya "Olimpik" ustozi Timur Kapadze topildi. Uning qo'l ostidagi jamoa AGMKni mag'lub etdi (1:0) va uchta durang qayd etdi, jumladan, "Nasaf" (2:2) va "Navbahor" (1:1) singari kuchli jamolarga munosib qarshilik ko'rsatdi. Ovoz beruvchilarning 53 foizi Kapadzeni tanladi. "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan 26 foiz ovoz bilan ikkinchi o'rinni egalladi.




Oyning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish yakunlariga ko'ra, "Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov (43%) g'olib deb topildi. Iyun va iyul oylaridagi uch uchrashuvda Iskanderov ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi o'rin esa "Nasaf" vingeri Oybek Bozorovga nasib etdi.



Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada may oyining eng yaxshi futbolchisi hamda murabbiyini aniqladi        

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика