So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Ceytlin boshqargan o'yinlarda "Neftchi" o'tgan yil faqat yutgan Yangiliklar

Ceytlin boshqargan o'yinlarda "Neftchi" o'tgan yil faqat yutgan

Teglar :  Oliy liga hakamlar
Bugun oliy liganing 3-turidan o'rin olgan 3ta uchrashuv o'tkaziladi.

2015 yilgi mavsumda oliy ligada jami 14 ta uchrashuvda hakamlik qilgan SHerzod Qosimov "Paxtakor" va "Buxoro" ishtirokidagi bellashuvlarda ham ishlagan. Xususan, "sherlar"ning 3ta, "Buxoro"ning bitta o'yinida faoliyat ko'rsatgan. Aytish kerakki, buxoroliklarning o'sha birgina bahsi ham safarda bo'lib o'tib, unda "Mashal" bilan murosa ko'chasi tanlangan - 2:2.

Yuqorida takidlaganimizdek, "Paxtakor" o'tgan mavsum Qosimov hakamligida uchta o'yin o'tkazgan. O'sha uchrashuvlarda "Andijon" safarda mag'lub (0:1) etilgan bo'lsa, "Qo'qon-1912" Toshkentda yutqazgan - 4:1. Poytaxt "derbi"sidagi "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda esa, mezbonlar g'alaba nashidasini surgan - 2:0.

2015 yil
"Buxoro" ishtirokidagi uchrashuv
"MASH'AL" - "BUXORO" - 2:2

"Paxtakor" ishtirokidagi uchrashuvlar
"ANDIJON" - "PAXTAKOR" - 0:1
"PAXTAKOR" - "QO'QON-1912" - 4:1
"BUNYODKOR" - "PAXTAKOR" - 2:0

Buxoro (Buxoro) – Paxtakor (Toshkent)
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), D. Djalimov (Nukus).


Bugun bo'lib o'tadigan oliy liganing yana bir uchrashuvi “Nasaf” – “Obod” o'yinini navoiylik Rustam Bobomurodov boshqarib boradi. Ahamiyatlisi, Bobomurodov 2015 yil 14ta uchrashuvni boshqargan bo'lsa-da, “Nasaf”ning biror bir bahsida ishlamagan. Tabiiyki, oliy liga debyutanti “Obod” ishtirokidagi bahsni ham boshqarmagan.

Nasaf (Qarshi) – Obod (Toshkent)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Snetkov (Toshkent vil.), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: A. Frolov.



“Lokomotiv” – “Neftchi” uchrashuvini boshqaradigan yurtimizning eng tajribali hakamlaridan biri Vladislav Ceytlin 2015 yil oliy ligada 22ta o'yinida ishlagan edi. Qizig'i, o'sha 22ta uchrashuvning faqat bittasi “Lokomotiv” ishtirokiga to'g'ri keladi. O'sha bahsda “Nasaf” – “Lokomotiv”dan kichik hisobda ustun kelgandi – 1:0.

Vladislav Ceytlin “Neftchi” uchun omadli hakam deyish mumkin. Sababi, Ceytlin “Neftchi” ishtirokidagi boshqargan 4ta uchrashuvning barchasida farg'onaliklarning qo'li baland kelgan. Jumladan, “Metallurg” – “Neftchi” (0:1), “Neftchi” – “Dinamo” (3:1), “Andijon” – “Neftchi” (0:4), “Neftchi” – “Bunyodkor” (2:0) o'yinlarining barchasida farg'onaliklar g'alaba nashidasi surgan.

2015 yil
“Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuv
NASAF – LOKOMOTIV – 1:0
“Neftchi” ishtirokidagi uchrashuvlar
METALLURG – NEFTCHI – 0:1
NEFTCHI – DINAMO – 3:1
ANDIJON – NEFTCHI – 0:4
NEFTCHI – BUNYODKOR – 2:0


Lokomotiv (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona)
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: S. Rizaev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика