So’nggi yangiliklar

16:35Про лига. "Қўқон-1912" - "Дўстлик"  0 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  3 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  3 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  4 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  16 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10

"CAFA U-16 Championship". O'zbekiston Qirg'izistonga 5ta gol urdi Yangiliklar

"CAFA U-16 Championship". O'zbekiston Qirg'izistonga 5ta gol urdi

Teglar :  O'zbekiston
"CAFA U-16 Championship" musobaqasining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston U-16 - Qirg'iziston U-16 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

YANGILASH

Uchrashuvning 5-daqiqasida hisob ochildi. Jasurbek Jaloliddinov burchak zarbasidan to'p uzatishidan keyin Xurshid Ubaydullaev o'ng oyog'ida to'pga zarba berdi va darvoza ishg'ol qilindi, 1:0.

41-daqiqada yana burchak zarbasi ish berdi. Jasurbek Jaloliddinovning erlatib oshirgan pasidan keyin Mironshoh Sattorov darvozani ishg'ol qildi, 2:0.

43-daqiqada Ruslan Roziev raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va zarba berdi. Darvozabon avvaliga seyv ijro qilgandi. Ammo qaytgan to'pni Igor CHikrizov qiyiniliksiz darvozaga joylab qo'ydi, 3:0.

Ikkinchi bo'limning 7-daqiqasi yurtdoshlarimiz uchun omadli boshlandi. Temur Mamasiddiqov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va uni aldab o'tib, bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi, 4:0.

Bugungi uchrashuvni bevosita tomosha qilish uchun stadionga 748 tomoshabin borgani malum qilindi.

80-daqiqada hisob yanada yiriklashdi. Burchakdan uzatilgan to'p qirg'izistonlikning boshiga tegdi. To'pga chiqishda posbon xatoga yo'l qo'ydi. Jarima maydonchasi ichidagi tartibsizlikdan Muhammadyusuf Nasirov unumli foydalandi. Uning tepgan to'pi bir necha himoyachining yonidan o'tib, darvozaga kirib ketdi, 5:0.

Uchrashuv yirik 5:0 hisobi bilan yakunlandi.

17:00 - O'zbekiston U-16 - Qirg'iziston U-16 5:0. 748 tomoshabin
Hakamlar: 
Sayyodjon Zayniddinov, Vafo Karaev, Hasan Karimov (uchalasi Tojikiston), Meder Taichiev (Qirg'iziston)
Nazoratchi: Kadirbek CHinnibekov (Qirg'iziston)
Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)

Gollar: Xurshid Ubaydullaev (5, 1:0), Mironshoh Sattorov (41, 2:0), Igor CHikrizov (43, 3:0), Temur Mamasiddiqov (53, 4:0), Muhammadyusuf Nasirov (80, 5:0).

O'zbekiston U-16: 12.Mo'minmirzo Qodirov, 4.Sardor Abdurashidxo'jaev, 5.Xurshid Ubaydullaev (14.Daniyor Sabirov, 22), 6.Diyorbek Rahimqulov, 7.Temur Mamasidiqov, 8.Mironshoh Sattorov, 9.Igor CHikrizov (18.Xushnazar Xushnazarov, 84) 10.Jasurbek Jaloliddinov, 11.Ruslan Roziev (17.Husain Norchaev, 69), 15.Muhammadyusuf Nasirov, 20.Azizbek Hafizov.
Zaxira: 21.Hamidullo Abdunabiev, 2.Alibek Davronov, 3.Foziljon Pirimqulov, 16.Farruhbek Muhtorov.

Qirg'iziston U-16: 1.SHumkarbek Topchubaev, 2.Yryskeldi Sagynkulov, 4.Ilya Rusakov, 7.Adilet Kanybekov, 8.Bekzat Kenjebekov, 10.Baiastan Talantbekov, 11.Erbol Kultaev, 12.Aleksandr Roslov (23.Isa Mirlanbek Uulu 56), 15.Beknazar Dastanjan Uulu, 18.Kubatbek Erkinbek Uulu (20.Atai Joldoshbekov, 86), 22.Sergey SHiovskiy (6.Jusup Jyrgalbekov, 10).
Zaxira: 13.Meder Uson Uulu, 3.Temirlan Jakypov, 5.Rustam Satylgaov.

Ogohlantirish: Muhammadyusuf Nasirov (72).

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика