So’nggi yangiliklar

10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  2 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  26 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  15 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2

"CA" qorga burkangan Qarshiga uchib keldi FOTO Yangiliklar

"CA" qorga burkangan Qarshiga uchib keldi FOTO

Nihoyat "CA", "Al Faysali", Osiyo chempioni bo'lgan "nasafchilar"ni o'z bag'riga olgan Toshkent-Qarshi yo'nalishidagi samolyot bundan bir necha daqiqa avval Qarshi shahridagi xalqaro aeroportga kelib qo'ndi.

"Nasaf" klubi "Al Faysali" delegaciyasi, Osiyo chempionlariga aylangan to'rt nafar futbolchi Odilbek Hamrobekov, Azizjon G'aniev, Doniyor Narzullaev hamda Bobir Abdixoliqovni tantanali ravishda kutib olishdi.

"Al Faysali" Qarshiga etib bordi 

Biz esa aeroportdan to'g'ri "Markaziy" stadionga qarab yo'l oldik. Qorga burkangan Qarshida esa qor yog'ishi yanada avj olayotgandi. "Al Faysali" jamoasi aeroportdan to'g'ri Qarshi shahridagi "Hayot" mehmonxonasi tomon yo'l oldi.

Ob-havoning juda noqulay kelgani va "Markaziy" stadion maydoni to'liqligicha qor bilan qoplangani bois, har ikkala jamoa futbolchilari o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotlarini asosiy stadionda o'tkazishmadi.

"Nasaf" biz kelgunga qadar o'z qarorgohida mashg'ulot o'tkazgan bo'lsa, "Al Faysali" jamoasi bugun mashg'ulotlarga chiqish-chiqmasligi nomalum. CHunki noqulay ob-havo tufayli reys kechikkani sababli, jamoaning rejimi buzilib ketdi va kamiga bu erdagi qalin qor ham bunga to'sqinlik qilishi mumkin.

"Al Faysali" jamoasi bosh murabbiyi Neboysya Yovovich ishtirokidagi matbuot anjumani buguncha o'tkazilmasligi malum qilindi. Agarda matbuot anjumani o'tkaziladigan bo'lsa, unda katta ehtimol bilan ertaga o'yindan oldin bo'lib o'tishi ehtimoli mavjud.

Biz esa buni payqagan holda Toshkentdagi aeroportda janob Neboysya Yovovichning o'yin oldi fikrlari bilan qiziqqandik.

"Al Faysali" bosh murabbiyidan aeroportda olingan intervyu

"Al Faysali" bosh murabbiyi Qarshidagi qorni ko'rib nima dedi? FOTO

Osiyo chempionatida ishtirok etgan chempionlar ham jamoalarining mashg'ulotlariga ulgura olishmadi. Lekin shunga qaramasdan ular ertangi bo'ladigan bahsda maydonga tushishga va jamoaga yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Ayniqsa Bobir Abdixoliqov ertangi bellashuvni intiqlik bilan kutayotganini va kechagi ularni kutib olish marosimi uni yanada ilhomlantirganini alohida qayd etib o'tdi.

Osiyo chempionlari garchi jismonan ertangi o'yinga to'liq tayyor bo'lishmasada, chempionlik ruhi ularni aslo tark etmagan. Agarda mabodo ertangi bahsda ushbu futbolchilar maydonga tushishadigan bo'lsa, unda hech ikkilanmasdan ular yana bir jasorat ko'rsatgan bo'lishadi. CHunki Odilbek Hamrobekov, Azizjon G'aniev 27 yanvar kuni Xitoydagi final uchrashuvida 120 daqiqa maydonda ter to'kishgan bo'lsa, keyinchalik 2 kun yo'lda sarson bo'lishdi. Kamiga yangi mavsum oldidan bu futbolchilar hali yangilangan "Nasaf" bilan birorta ham mashg'ulotda ishtirok etishmagan.

CHiptaxonada chiptalar sotilmoqda. Ob-havoning noqulay kelganiga qaramasdan ishqibozlar chiptalarni xarid qilishda davom etishmoqda. Malumotlarga ko'ra, chiptalar deyarli tugab qoldi.


Maydon holatidan havotirlanishga o'rin yo'q. CHunki maydonga maxsus material yopib qo'yilgan.


Tolibjon Qosimov va SHahboz Beg'amov
Qarshi shahridan maxsus

Reyting: +87   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика