So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

"CA" jurnalisti Xoliqov yig'ilishda og'riqli mavzu haqida dangal gapirdi Yangiliklar

"CA" jurnalisti Xoliqov yig'ilishda og'riqli mavzu haqida dangal gapirdi

PFL tomonidan o'tkazilgan Superligaga qura tashlash marosimidan keyin "International" mehmonasida kichik yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda qura tashlash marosimiga tashrif buyurgan klub vakillari, bosh murabbiylar hamda jurnalistlar qatnashishdi.

"Superligada hakamlar kichik follarga xushtakni bezovta qilishmaydi"

Yig'ilishda O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov so'z olib, hakamlar tomonidan yo'l qo'yilayotgan xatolarni yangi mavsumda kamaytirib, ularni ishiga alohida etibor qaratishlarini takidladi. SHuningdek, Mamur Saidqosimov yaqinda Hisobot-saylov konferenciyasida O'FA prezidenti Achilbay Ramatovning hakamlar xususidagi o'rinli etirozlaridan kerakli xulosalarni chiqarishlarini aytib o'tdi.

SHu munosabat bilan Mamur Saidqosimov Superligada yangi mavsumdan etiboran kichik, mayda fol, yani bo'lar-bo'lmasga uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar xushtagini bezovta qilmasliklarini murabbiylarga, jurnalistlarga etkazdi. Aynan shu masala bo'yicha Ravshan Ermatov alohida tushuntirish berdi.

FIFA hakami O'FA prezidentining o'rinli etirozlaridan kerakli xulosani chiqargan hakamlar endilikda Superligada elkama-elka kurashlarga evropada bo'lgani kabi imkon berishlarini takidladi.

Hakamlar alohida yo'nalishni tanlab olishgani elon qilindi va murabbiylardan bu o'zgarish bo'yicha futbolchilarga tushuntirish berishlari so'raldi. SHu o'rinda murabbiylar ham bu tashabbusni qo'llab-quvvatlashdi. Xususan "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov so'z olib, maydonda chinakamiga haqiqiy kurash bo'lishi tarafdori ekanligini bildirdi. O'zbekiston Superligasida ham elkama-elka kurashlarga xushtak chalib, o'yinni to'xtatmaslik yaxshi qaror ekani va bu o'z yo'lida chempionatimiz uchrashuvlari tezligini yanada o'sishiga xizmat qilishi aytildi. Muxlislar ham maydonda chinakamiga tezkor futbol va shiddatni ko'rishlari alohida takidlandi. SHuningdek, "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov hamda Bobur Haydarov so'zga chiqishdi.

SHu o'rinda yig'ilishda ishtirok etayotgan jurnalistlardan ham fikr va takliflar so'raldi. OAV vakillaridan saytimiz xodimi Xayrulla Xoliqov yaxshi tashabbus bilan chiqdi va so'z olib dangal gapirdi.

"Uchga-uch" "oltiga-olti"ga aylanib ketmasin-da!"

- "Qura tashlash marosimi yaxshi darajada o'tdi. Yangi mavsumdan boshlab Superligada kuchli o'yinlarni ko'rsak ajab emas. Muddaoga o'tadigan bo'lsam, bu erda ko'p ham hakamlarni tanqid qilish kerak emas. Ular maydonda bo'layotgan vaziyatni boricha boshqarishga urinishadi. Jurnalistlar va muxlislarning asosiy istagidan biri bu - "Uchga-uch" degan narsalar yo'qolsa. Buyog'iga 4 davrali tizimga o'tiladi, endi bu "uchga-uch" "oltiga-olti"ga aylanib ketmasa bo'lgani. Buni futbol ichidagilar juda yaxshi bilishadi. Agarda mana shu narsalar yo'qolsa, o'yinlar saviyasi, darajasi o'z-o'zidan kuchayadi", - dedi jurnalist Xayrulla Xoliqov.

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика