So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  16 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  25 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  15 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  8 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  11 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  249

Buyuk qarama-qarshilik tarixi: Milan derbisi prevyusi Yangiliklar

Buyuk qarama-qarshilik tarixi: Milan derbisi prevyusi

Teglar :  MilanInter
Bugun Italiyada dunyo moda markazi shahrining ikki jamoasi ishtirokida klassik uchrashuv bo'ladi.

Bu bahs Rim yoki Turin derbilari kabi ashaddiy dushmanlik kayfiyatida emas, A Seriyaning markaziy uchrashuvi bo'ladi. "Inter"ning yaralishi esa nikohsiz ajralishga o'xshaydi. Bundan ancha vaqtlar oldin bu ikki klub bir maqsad yo'lida birlashgandi, biroq kelishmovchiliklar natijasida "Inter" vakillari jamoani tark etishgan, afsonaga ko'ra, libosning qora-ko'k ranglari ommaviy janglardan qolgan ko'karish hamda shishlardan paydo bo'lgan ekan.


SHunday bo'lsa ham "Inter" va "Milan" muxlislari o'rtasida hech qanday dushmanlik yo'q, ular bir-birlarini chimchilashmaydi. "Inter" ishqibozlari "milan"chilarni "casciavt" (Milan lahjasida "tarnov" degan manoni beradi) deb atashadi, bu esa ularni ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra, past nazar bilan qarashini anglatadi. O'z navbatida "Milan" muxlislari "Inter" tarafdorlariga "bauscia" (dum) deb laqab qo'yishgan. Albatta, hozirgi paytga kelib barchasi o'zgarib ketgan. Baribir o'ng tomondagi muxlislar "Inter"ga, chap tomondagilar esa "Milan"ni qo'llab-quvvatlamoqda.


DellaMadonnina nomi shaharning diqqatga sazovor joyidagi ananaviy derbi nomidan kelib chiqqan. Madonnaning haykali Duomo soborini bezab turibdi. 1955 yildan boshlab, ikki jamoa ham o'zlari uchun bir stadionni tanlashdi va ikki hil nomlab olishdi. "Inter" muxlislari bu o'yingohni "Juzeppe Meacca" deb nomlashadi. "Milan"ning muxlisidan buguni uy uchrashuvi qaerda bo'ladi deb so'rasangiz: - Albatta, "San Siro"da, deydi. "Milan" muxlislari "yon qo'shnilari"ni unchalik yoqtirishmaydi. Ularning raqiblaridan ko'ra ko'proq "ko'k-qoralar"ni haqoratlovchi qo'shiqlar kuylab yurishadi. "Inter"chilar esa bunga katta ahamiyat berishmaydi va o'zlarining asosiy raqibi sifatida Italiyaning eng sovrindor jamoasi - "Yuventus" deb bilishadi. Bu klublar o'rtasidagi bahs Italiya derbisi deb ataladi va Appeninda eng ko'p muxlis yig'adigan uchrashuv maqomini oladi.

Qizig'i, tomonlar o'rtasidagi ilk bahs Milanda ham, Italiyada ham bo'lib o'tmagan. 1908 yili SHveycariya chegarasidagi CHiasso shahrida o'tkazilgan. Buni hamma ham bilmaydi, biroq tarix boshlangan uchrashuvda "qizil-qoralar" 2:1 hisobida g'alabaga erishgan. "Milan" ilk tashkil topgan yillarida "Inter"ga qaraganda biroz boyroq edi. Jamoani "Pirelli" o'z qo'liga olgan vaqtlarida jamoani shu nomsiz tasavvur qilib bo'lmay qolgandi. Bu ikki klub o'rtasida mana shunday murosasiz tarix bo'lgan.
"Rossoneri"lar shahardoshlaridan ko'ra 9 sovrin ko'proq yutishgan. Biroq "neradzurri"lar muxlislari bemalol g'ururlansa arziydi. Sababi, "Inter" Milan jamoalari ichida ilk marotaba Italiya chempioni bo'lgan. O'tgan asrning 80-yillarida vaziyat umuman boshqacha edi. O'shanda sovrin yutish borasida "Inter" "Milan"ni katta farq bilan ortda qoldirgandi. Berluskoni jamoani qo'liga olib, aqlli qarorlar chiqara boshlaganidan keyin barchasi o'zgarib ketdi. "Inter" 1989 yildan keyin A Seriyada 2006 yilga kelib ilk marta chempionlikni rasmiylashtirdi.

Tomonlar rasmiy uchrashuvlarda 220 marta to'qnash kelgan. Bunda "Inter" kichik farq bilan oldinda bormoqda. "Ko'k-qoralar" 78 g'alabaga erishgan, "Milan"da bu natija 76ga teng. 66 bahsda g'olib aniqlanmagan. "Inter" raqibidan ko'ra ikkita ko'proq gol kiritgan: 299-297. Jamoalar bo'lajak bahsda 300-golni urish uchun qattiq ter to'kishadi. DellaMadonina derbilari to'purari Andrey SHevchenko hisoblanadi, uning hisobida 14 gol bor. Afsonaviy Juzeppe Meacca esa bitta gol kamroq kiritgan. "Inter" forvardi Mauro Ikardining hisobida esa 4 gol bor, shulardan uchtasini o'tgan bahsda kiritdi.

"Milan"ning eng yirik g'alabasi 2001 yilning 1 martida qo'lga kiritilgan, o'shanda "rossonerilar" raqiblari darvozasiga javobsiz 6 to'p kiritishgan. "Inter"ning yirik g'alabasi qo'lga kiritilganiga esa bir asrdan oshib ketdi. 1910 yilda "Inter" "Milan"ni 5:0 hisobi bilan dog'da qoldirgan. Derbidagi eng sermahsul bahsda ko'k-qoralar 6:5 hisobi bilan raqibni mag'lub etgan.


"Milan" ayni damda yaxshi holatda, klub so'nggi 13 bahsda yutqazmadi, Gattuzo futbolchilarning jismoniy holatini yaxshiladi. Yaqinda jamoa evrokubokda "Arsenal" bilan uchrashadi. Spaletti qo'l ostidagi "Inter" esa turnir jadvalida ancha quyilab ketdi, ular ayni damda 4-o'rinni egallab turishibdi.
Ammo derbidan hamma narsani kutsa bo'ladi. Hali barchasi oldinda.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика