So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  3 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  9 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  5 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  7 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  1 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  2 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  4 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2

Buyuk futbolchining karerasi so'ndimi? Ronaldu nega deyarli o'ynamayapti? Yangiliklar

Buyuk futbolchining karerasi so'ndimi? Ronaldu nega deyarli o'ynamayapti?

"Manchester Yunayted" kecha APLning 5-turi doirasida mehmonda "Lester"ga qarshi (1:0) o'yinda maydonga tushdi.

Ushbu o'yinning bir nechta sabablarga ko'ra axamiyatli, qiziqarli jihatlari bor edi. Eng asosiysi, Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi taqdirini shu o'yin qasidir manoda belgilab berardi.

Erik ten Hag "Manchester Yunayted" bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin Ronaldu uning qo'l ostida deyarli o'ynamayapti. Garchi Ronaldu o'tgan mavsumda ajoyib ko'rsatkich qayd etgan bo'lsa-da. Qahramonimiz "qizil iblislar" safida 40 ta o'yinda 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xo'sh, unda muammo nimada?

Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi edi

Krishtianu "Manchester Yunayted" bilan CHempionlar Ligasida ishtirok etmaydi. SHu bois, portugaliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida ECHLda qatnashadigan jamoa safiga yo'l olishni istadi. Buning bir qancha sabablari bor.

Ronaldu CHempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Uning hisobida 140 ta gol bo'lsa, ikkinchi o'rinni Lionel Messi (125) egallab turibdi. Argentinalik futbolchi Krishtianudan ikki yosh kichik va uni to'purarlar ro'yxatida ortda qoldirishi mumkin. Messi bu 16 ta golni uch mavsumda urishga qodir. Ronaldu buni tushunib turibdi va asosiy raqobatdoshini etib olmasligini istaydi.

Qolaversa, portugaliyalik yulduz  "Manchester Yunayted"ni rivojlantirish loyihasidan hafsalasi pir bo'lgan. U o'z klubiga qaytib, "qizil iblislar"ni yana Premer-liganing yuqori pog'onasiga olib chiqishni maqsad qilgandi. Buning o'rniga Ronalduda tashkiliy tartibsizlik, murabbiyning doimiy o'zgarishi va chempionlik uchun kurashadigan sifatli o'yinchilarning etishmasligi paydo bo'ldi. 

Portugaliyalik boykot uyushtirib, jamoani tark ketishni istayotganini ko'rsatdi. Bularning barchasi klubda Ronalduga bo'lgan munosabatga tasirini ko'rsatmasdan qolmadi.

Portugaliyalikka o'zini ko'rsatish qiyinlashib bormoqda

Ronaldu o'tgan mavsumni yaxshi o'tkazganiga qaramay, hozirda yuqori saviyani ko'rsatishi tobora qiyinlashib bormoqda. InStat tahliliy veb-saytiga ko'ra, deyarli barcha asosiy ko'rsatkichlari pastga sho'ng'igan:

Zargarona paslar - har bir o'yin uchun o'rtacha 0,38 dan nolga qadar;

Zarbalar - 3,7 dan 2 gacha;

To'p uchun kurash - 11 dan 8 gacha;

Havodagi kurash - 4,2 dan 3 gacha;

Aldamchi harakatlar - 2 dan 1,5 gacha;

Samarali adlab o'tish ko'rsatkichlari - 56% dan 33% gacha.

Ronaldu jamoa o'yin uslubidan chiqib ketyapti va kam foyda keltiryapti. Hatto portugaliyalik futbolchi hujum markazida ham o'zini ko'rsatishi tobora qiyinlashib bormoqda. O'tgan mavsumda u ushbu chiziqda muvaffaqiyatli o'ynagandi.

Ten Hag o'yin uslubini Krishtianu tufayli "buzmoqchi" emas

Erik ten Hag o'z jamoasining o'yinini Ronalduning kuchli tomonlariga o'rgatishi mumkin. Lekin murabbiy buni ongli ravishda amalga oshirmasa kerak.

Niderlandiyalik "Manchester Yunayted"ga "Ayaks"dagi faoliyati orqali jalb qilingan: hujumga qaratilgan yorqin futbol, tezkor futbolchilarning o'zaro kombinaciya tashkillashtirishi. Agar Ronalduga moslashib o'ynaladigan bo'lsa, ten Hagni jamoaga taklif qilishning hojati yo'q edi. Bundan tashqari, "Manchester Yunayted" bosh murabbiy bilan "Ayaks"da birga ishlagan braziliyalik Antonini sotib oldi. Bu esa Krishtianu faoliyatida birinchi marotaba bosh murabbiyning uslubiga moslashishi kerak bo'lishini anglatadi.

Ronalduni hisobdan chiqarishga hali erta. U hali ham "Manchester Yunayted"ga foyda keltirishi mumkin. Buni futbolchining o'zi istasa kifoya.

Nikolay Egorichev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика