So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Buxoro" yordamchi murabbiyi: "Hakam nega futbolchilarimizni so'kadi? Hakamning "Neftchi"ga yordam berishi shart emasdi" Yangiliklar

"Buxoro" yordamchi murabbiyi: "Hakam nega futbolchilarimizni so'kadi? Hakamning "Neftchi"ga yordam berishi shart emasdi"

Superliganing 13-turi doirasida "Neftchi" - "Buxoro" uchrashuvidan keyin mehmonlar yordamchi murabbiyi Mixail Eremchuk matbuot anjumanida qatnashdi.

- Ikkala jamoa ham futbol o'ynashga harakat qildi. "Neftchi"ning tarkibida yuqori mahoratga ega, termani jahon chempionatiga olib chiqqan futbolchilar bor. Shu sababli ularning futbol o'ynashiga boshqalarning yordam berishi shart emas. Ha, jamoa futbol o'ynadi, biroq bizning futbol o'ynashimizga halaqit qilishdi va bu ishni kim qilganini yaxshigina ko'rdik. Epizodlar har xil talqin qilindi, kartochkalarning ko'rsatilishi ham bir-biriga to'g'ri kelmadi. Ikkala tomonga bir xil vaziyat boshqacha talqin qilindi.

Bir narsani tushunmayman, O'zbekistonga kelganimda odamlarning juda muloyim va hushchaqchaqligini ko'rganman, lekin hakam nega maydonda futbolchilarni haqoratlaydi? Tushuna olmayapman. Ha, xato qil, ha, hushtak chal, lekin so'kinish nega? Sportchilarni, futbolchilarni hurmat qilish kerak. Bu o'zbek futboliga yordam bermaydi. Futbolchilar har qanday og'ir sharoitda ham futbol o'ynashi kerak, lekin ularga yordam berish unchalik shart emas. Qachonki ular "zona komforta"ga tushib qolsa, o'sishdan to'xtab qolishadi. Bu mening shahsiy fikrim. Milliy terma jamoada ishlasam ham shu gapni aytgan bo'lardim. Bunday tartibsizlik va xunuk holatni qabul qilib bo'lmaydi. 

- "Buxoro" jamoasining shikoyati bor ekan, klub buni protokolga kiritadimi? Yoki bu gaplar uchun jarima to'laydimi?

- Bu bilan klubdagilar shug'ullanadi. Bu murabbiylar shtabining ishi emas. 

- Shohruz Norxonovning zaxirada qolib ketayotganiga sabab nima?

- Sport principi. Birinchidan, bizda futbolchilar amal qilish kerak bo'lgan malum qoidalar bor. Ikkinchidan, biz uni ikkinchi bo'limdagi tezligi orqali jamoa o'yinini kuchaytirishini istagandik. 

- "Buxoro" ushbu mavsumda so'nggi daqiqalarda ko'p gol o'tkazib yubormoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- Etiborni yo'qotish. Futbolchilarga etirozim yo'q, qaerdadir ishlar o'xshadi, qaerdadir yo'q. Undan tashqari, bizdagi yosh futbolchilar turli yoshdagi termalarga chaqirilmoqda. Barchasi tajribaga borib taqaladi, vaqt o'tib bu ham keladi, keyin natija ham bo'ladi. 

- Tarkibingizdagi farg'onalik futbolchi Asilbek Qayyumov haqida qanday fikrdasiz?

- Bu haqda gapirish noto'g'ri bo'ladi deb o'ylayman. U hali juda yosh, harakat qilmoqda. Biroq undan ko'prog'ini talab qilgan bo'lardik.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика