"Buxoro" yana bir xorvatiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi
14 jan 2025 21:36
Yangiliklar
"Buxoro" yana bir xorvatiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi
"Jamoamiz murabbiylari yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida mahoratli himoyachi Iosip Tomashevich bilan shartnoma imzoladi. Malumot uchun Iosip Tomashevich o'tgan mavsumda Ruminiya davlatining "Otselul" jamoasida mavsumni o'tkazdi. Bundan tashqari Xorvatiya, Bolgariya, Greciya, Isroil jamoalarida to'p surgan. 30 yoshli xorvatiyalik himoyachi bugun jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Umid qilamizki, xorvatiyalik futbolchi jamoamizga sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishda yordam beradi. "Buxoro" oilasiga xush kelibsan, Iosip!
Iosip Tomashevich
— 04.03.1994
— Yarim himoyachi
— O'ynagan jamoalari: "Split" (Xorvatiya), "Cibaliya" (Xorvatiya), "Lokomotiv Plovdiv" (Bolgariya), Atromitos (Greciya), Xapoel Xadera (Isroil), Otselul (Ruminiya)", — deyiladi klub xabarida.
Rasman: "Buxoro" xorvatiyalik legionerni safiga qo'shib oldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar