So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

“Buxoro” stadioni futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor Yangiliklar

“Buxoro” stadioni futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor

Kecha - 11 aprel O'zPFL ishchi guruhi Buxoroda bo'lib, markaziy stadion holatini o'rgandi.

Keyinchalik, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaevni qabul qilib, “Buxoro” futbol klubidagi muammolar va ularning echimi borasida suhbatlashdi. SHuningdek, kechga yaqin Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbari Akbar Fozilov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi va unda klub kelajagi borasida, shu kungacha yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan fikr almashilindi. 

“Buxoro” stadioni maysasi bilan bog'liq muammolar hal bo'lavermagach, sohaning asl mutaxassislari jalb qilindi. O'rganishlar natijasida drenaj tizimi, sug'orish mexanizmi hamda maysa parvarishi borasida qator muammolar aniqlandi. SHundan kelib chiqib, ularning barchasi to'g'ri yo'nalishga tushib olishi uchun ish boshlandi. Qayd etish kerak, “Buxoro” stadionining hozirgi ish bilan o'z vaqtida “Nasaf”, “Navbahor kabi stadionlar maysasi bilan shug'ullangan, “Turon”, “Jar” kabi stadionlardagi ishlarga maslahatchi sifatida yordam bergan mutaxassislar shug'ullandi. 

Maysa 25 aprelga qadar to'la tayyor bo'ladi. SHundan kelib chiqib, 29 aprel kuni bo'lib o'tadigan Pro liga 6-turidagi “Buxoro” — “Xorazm” bellashuvini asosiy arenada o'tkazish masalasida kelishib olindi. Ayni vaqtda hokimiyat vakillari stadionni uchrashuvga tayyorlash borasidagi qolgan ishlarni davom ettirmoqda.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика