So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  1 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  16 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  53 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  67 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

"Buxoro" - "Paxtakor". Uchrashuvga oid malumotlar Yangiliklar

"Buxoro" - "Paxtakor". Uchrashuvga oid malumotlar

Teglar :  PaxtakorBuxoro
1 aprel kuni oliy liganing 3-turida "Paxtakor" Buxoroda mehmon bo'ladi.

Tayyorgarlik

Terma jamoa o'yinlari bilan bog'liq tanaffusdan so'ng oliy liga o'yinlari davom ettiriladi. Jamoamiz ushbu davrda Qibrayda mashg'ulot o'tkazdi. Terma jamoa safida bo'lgan 5 nafar futbolchi bugundan jamoa ixtiyoriga qaytishdi. "Buxoro" esa O'zbekiston Kubogi 1/16 finalida o'ynadi. So'ng jamoa Toshkent va Buxoroda mashg'ulotlar o'tkazdi. 

Qarama-qarshilik

Oliy ligada jamoalar 46 bor to'qnash kelganlar. 33 bahsda "Paxtakor", 6 bellashuvda "Buxoro" zafar quchgan. 7 o'yinda kuchlar teng kelgan. Raqib darvozasini 102 bor ishg'ol qilgan jamoamiz 32 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqqan. Buxorodagi uchrashuvlarning 5tasida mezbonlar, 12tasida "Paxtakor" ustun bo'lgan. 6 bahsda durang natija bilan yakunlangan. O'tgan mavsum Buxoroda CHipevning avtogoli va Sergeevning goli evaziga 2:0 hisobida jamoamiz ustun kelgan.

Uchrashuv rasmiylari

O'yinni SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Qosimov hozirgacha oliy ligada jamoamiz ishtirokidagi 4 bellashuvni boshqargan. Ularning 3tasida "sherlar" zafar quchgan va bir bor imkoniyatni boy bergan. Mazkur jamoalar o'yinida Qosimov ilk bor hakamlik qiladi.

"BUXORO" - "PAXTAKOR"

Hakamlar: SHerzod Qosimov (Toshkent), Mamur Saidqosimov (Toshkent), Andrey Capenko (Toshkent viloyati), Dauletboy Jalimov (Nukus).

Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).

O'zPFL vakili: Bobur Haydarov.

"Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvi 1 aprel, juma kuni Buxorodagi "Buxoro SM" stadionida soat 18:45da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика