So’nggi yangiliklar

09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  1 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  5 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  3 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  4 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0

"Buxoro" - "Dinamo" o'yiniga oid malumotlar Yangiliklar

"Buxoro" - "Dinamo" o'yiniga oid malumotlar

Teglar :  "Buxoro"Dinamo
Bugun Superliganing 9-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Buxoro" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv 20:00da boshlanadi. Quyida o'yinga oid bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 


"Buxoro"

- "Buxoro" turnir jadvalida o'ziga mos bo'lmagan o'rinda. Jamoa 6 ochko bilan 13-o'rinda boryapti. 

- "Buxoro" o'z maydonida beshinchi o'yinini o'tkazadi. Jamoa avvalgi to'rtta uchrashuvning ikkitasida durang qayd etib, ikki bor mag'lubiyatga uchragan. 

- "Buxoro" o'z uyida g'alaba qozonmagan ikkita jamoadan biri bo'lib turibdi. Yana biri "Qo'qon-1912". 

- "Buxoro" oxirgi 4ta o'yindan uchtasida mag'lubiyatga uchradi. Natijada bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov o'z arizasiga binoan istefoga chiqarildi. 

- "Buxoro" oxirgi marta 4-turda g'alaba qozongan. Jamoa safarda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etib qaytgan. 

- "Buxoro" shu paytgacha "Dinamo"ga qarshi 44 bor maydonga tushib, shundan 20tasida g'alabaga erishgan. 


"Dinamo"

- Superliga debyutanti "Dinamo" ko'rsatayotgan o'yin ko'pchilikka manzur bo'lmoqda. 

- Bu jamoa 12 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 9-9. 

- Lekin "Dinamo" safarda hozircha g'alabaga erishgani yo'q. Uchta o'yindan ikkitasida mag'lubiyat va bir marta durang qayd etgan. 

- "Dinamo" qatorasiga uch o'yinda g'alaba qozona olmadi va o'tgan tur AGMKni 1:0 hisobida mag'lub etdi. 

- "Dinamo" shu paytgacha "Buxoro" bilan 44 bor kuch sinashib, shundan 16tasida zafar quchgan. 


Oxirgi 5 o'yin

2017 yil. "Buxoro" - "Dinamo" 0:0 

2015 yil. "Buxoro" - "Dinamo" 1:1 

2014 yil. "Buxoro" - "Dinamo" 1:1 

2013 yil. "Buxoro" - "Dinamo" 0:2 

2012 yil. "Buxoro" - "Dinamo" 2:0 

Buxoroda bo'lib o'tgan oxirgi beshta o'yinning faqat bittasida maydon egalari g'alabaga erishgan. Uchta uchrashuv durang bilan yakunlangan bo'lsa, bir marta mehmonlar g'olib chiqqan. Qizig'i shundaki, oxirgi uch o'yindan beri faqat durang qayd etilyapti.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика