“Bunyodkor”ni ikki futbolchi tark etdi, yangi yildagi mashg'ulotlar boshlandi
04 jan 2018 11:53
Yangiliklar
“Bunyodkor”ni ikki futbolchi tark etdi, yangi yildagi mashg'ulotlar boshlandi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi qisqa tatildan so'ng yana mashg'ulotlarga kirishdi.
Xabaringiz bor, Mirjalol Qosimov o'z shogirdlari bilan bungacha 22-30 dekabr kunlari mashg'ulot olib borgandi. Yangi yil bayrami munosabati bilan jamoa azolariga qisqa muddatli tatil berilgandi. SHundan so'ng, 3 yanvardan boshlab mashg'ulotlar yana davom ettirildi.
“Bunyodkor” bilan shartnomalari yakunlangan Vadim CHemirtan va Otabek SHukurov jamoani tark etishdi. SHuningdek, bungacha jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib faoliyat yuritib kelgan ruminiyalik Avgustin Kirica ham klub bilan xayrlashdi.
“Qaldirg'ochlar” yanvar oyi davomida poytaxtimizda shug'ullanishadi. Fevral oyining dastlabki kunlaridan xorij yig'iniga jo'nab ketish rejalashtirilgan.
Fikrlar