So’nggi yangiliklar

18:00Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 0:0 (матнли трансляция)  18 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  5 17:44АПЛда ўтган ойнинг энг яхши футболчиси аниқ!  0 17:31АПЛда ўтган ойнинг энг яхши мураббийи аниқланди  0 17:22Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  6 16:44Роналду: "Менгача Португалия бирорта соврин ютмаганди, аммо ҳозир учта титул бор"  17 16:07Алан Ледесма: "Ўзбекистонга қарши кеч реакцияга киришдик"  4 15:40Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйингача яхшилашимиз керак бўлган камчиликлар бор"  6 15:23Парагвай U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон – режалаштирган вазифани жуда яхши бажарадиган жамоа"  4 15:10Аргентина терма жамоасининг бўлажак ўйин учун қайдномаси эълон қилинди  0 14:36Умар Абдулраҳмоннинг "Манчестер Сити"га трансфери нега амалга ошмаган?  4 14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  8 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  10

“Bunyodkor”ga nima bo'lyapti? Yangiliklar

“Bunyodkor”ga nima bo'lyapti?

O'lkamizda qish, futbolda davralar oralig'idagi tanaffus davom etyapti.

Barcha yangi mavsumga yaxshiroq tayyorlanish payida. Transfer, klublarimiz ishtirokidagi o'yinlar va ulardagi o'zgarishlar sportga ixtisoslashgan nashrlar tomonidan baholiqudrat yoritilmoqda. Ammo hammasi ham emas. Bugun o'zbek matbuoti hech qanday reaksiya bildirmagan (yoki bildira olmagan) voqeani eslaymiz:

Barchasi 12 yanvar kuni boshlandi. Abu-Dabi safariga hozirlanayotgan “Bunyodkor” lageridan xabar chiqarildi: “Aziz Haydarov ishdan olinibdi”. Keyinroq jamoa ustozi Ivan Boshkovich ketgani aytildi. Bu — futbol, unda istefolar bo'lishi tabiiy hol. Lekin qanday vaj bilan?

Yodingizda bo'lsa, Haydarov-Boshkovich tandemi “qizil zona” zonadan 3 ochkolik farq bilan 9-o'rinda borayotgan “Bunyodkor”ni sentyabr oyida qabul qilib olgan edi. Ular boshqa murabbiy tomonidan yig'ilgan, umuman boshqa murabbiy shakllantirib ketgan tarkibni mavsum oxiriga qadar liganing eng yaxshi 4-jamoasiga aylantirishdi. “Navbahor”ni chempionlikdan mahrum qilgan ham, “Nasaf”ning “oyog'idan tortib qolgan” ham ana shu “qaldirg'ochlar” bo'lishadi. SHu sababli istefolar “tomdan tarasha tushgandek” qabul qilindi. 

Eng qizig'i, oradan shuncha kun o'tsa hamki, “Bunyodkor” matbuot xizmati Ivan Boshkovich ketgani to'g'risida indamayapti. Ammo chernogoriyalik mutaxassis jim o'tirgani yo'q. Dastlab, futbolimizdagi eng yomon illat haqida gapirar ekan, jamoa prezidenti M. Abdullaev yiliga 1 mlrd so'm olishini bildirdi va uni klub rivojiga to'siq bo'lishda aybladi (o'sha intervyu 20 daqiqadan keyin o'chirib yuborilgan). Keyinroq esa “Bunyodkor” bilan tuzilgan qo'shimcha shartnomani O'zPFL ro'yxatidan o'tkazishni so'radi...

Demak, o'rtada qandaydir konflikt bor. Futbol jamoatchiligi orasida xunuk mish-mishlar tarqalgan (axir, Boshkovichning ayblovlari oddiy so'zlar emasdi). Ularga oydinlik kiritish, muxlislarga vaziyatni to'g'ri tushuntirish uchun ham Toshkent klubi matbuot xizmati yoki jamoa rasmiylari izoh bilan chiqishi shart (eng kamida ishqibozlarning hurmati bo'lsa). Deyarli hammani bir xil savol qiynamoqda: “Bunyodkor”da nima bo'lyapti?

muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика