So’nggi yangiliklar

10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  1 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  8 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:15U-17 ЖЧ. Ўсмирларимиз бугун Ирландияга қарши баҳс олиб боради  6 00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  3 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  45 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  1

"Bunyodkor"da uchta turdan keyin yana bosh murabbiy o'zgaradimi? Yangiliklar

"Bunyodkor"da uchta turdan keyin yana bosh murabbiy o'zgaradimi?

Bugun "Bunyodkor" bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov ishdan ketdi.

Kecha, 10 may kuni "Korostichenko va Maqsudovga tegmang!" nomli maqola yozgandim. Bugun esa "Bunyodkor" rahbari Maqsudovni ishdan haydadi va menimcha qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.

O'zi kechagi maqola ostida "zakaz" deganlar juda ko'pchilini tashkil etadi. Agar yil boshida Viktor Karpenko bosh murabbiy bo'lganida va "Bunyodkor" "Olimpik"ka 1:5 hisobida yutqazganida ham kechagi maqolani yozgan bo'lardim. Sarlavhasi boshqacha bo'lardi: "Korostichenko va Karpenkoga tegmang!".

Maqsudov ham, Karpenko ham men uchun bir darajadagi insonlar. Unisini ham, bunisini ham sobiq terma jamoamiz azosi sifatida taniyman.

Bugungi yig'ilishda "Bunyodkor" klubi rahbari Mehriddin Abdullaev quyidagi fikrni bildiribdi: "Jamoamizning so'nggi o'yinlaridagi natijalaridan juda xafaman. Oxirgi uch uchrashuvda bor-yo'g'i bir ochko qo'lga kiritilgani yomon ko'rsatkich".

O'tgan yilgi mavsumdan keyin "Bunyodkor"ni tark etgan futbolchilarni yodga olamiz: Abdulla Abdullaev, Xurshid G'iyosov, Lutfulla To'raev, Nurillo To'xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, SHahboz Erkinov va boshqalar. Mana shu futbolchilar klubdan ketayotganda klub rahbari nahot 2022 yilgi mavsumda 2021 yilgisidan ko'ra kamroq ochko to'plashini bilmagan bo'lsa?

Sarlavhaga qaytamiz. "Bunyodkor"ning keyingi uchta tur taqvimi:

16 may
AGMK - "Bunyodkor"

24 may
"Bunyodkor" - "Nasaf"

29 may
"Surxon" - "Bunyodkor"

Ikkitasi sovrinli o'rinlar uchun kurashyotgan jamoa, bittasi quyi pog'onalarda borayotgan klub. Xo'sh, sizningacha mana shu uchta turda "Bunyodkor" nechi ochko oladi? Men Karpenkoga ham achinaman, sababi mana shu uchta turda 3 ochkodan ko'p to'play olmasa, klub rahbari uni ham ishdan haydashi mumkin. Mantiqan to'g'rimi? To'g'ri.

Yana bir gap: Agar ikki-uchta tur ichida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko ham istefoga chiqarilsa, "Bu mavsum yoshlarga ishonch bildiramiz" degan futbol klubi rahbarlaridan 10 kilometr uzoqdan o'tib ketinglar.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика