So’nggi yangiliklar

10:15"Ньюкасл" "Милан" ҳимоячисини сотиб олди  0 09:41"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди  1 09:09Жанлуижи Доннаруммага Европанинг яна бир ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  2 08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  1 07:35Суперлига. Бугун 18-тур якунланади  0 07:10Суперлига. "Навбаҳор" дербида ғалаба қозонди, "Шўртан" “Қўқон-1912”га ютқазди, ОКМК - "Қизилқум" баҳсида эса нурсиз дуранг  1 01:26Элдор Мойлиев: "Суперлигада ҳамма жамоалар тенг кучли, кимнинг омади келса шу ютиб кетяпти"  2 01:19Баҳром Ҳайдаров: "Узоқ кутилган ғалабага эришдик"  0 00:46Доннарумма "ПСЖ"дан кетади: "Кимдир мени жамоанинг бир бўлаги сифатида кўришни хоҳламади"  12 00:16"Реал Мадрид" мавсумолди ўртоқлик учрашувида Австрия клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  6 23:56Максим Шацких: "Ҳатто ютганимизда ҳам дурангга лойиқ ўйин бўлди дердим"  20 23:20"Ливерпуль" "Парма" ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Футболчига А Серия грандларидан ҳам қизиқиш бор  0 22:55Левандовски "Олтин тўп"ни ким қўлга киритиши мумкинлиги ҳақида гапирди  8 22:31Суперлига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Қўқон-1912" сафарда "Шўртан"ни енгди  12

“Bunyodkor”da navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi Yangiliklar

“Bunyodkor”da navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

“O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev boshchiligida futbol klubida sog'lom muhitni tiklash va klub murabbiy, o'yinchilari va xodimlariga qulay shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

SHu munosabat bilan kecha “Bunyodkor” futbol klubi qarorgohida asosiy jamoa azolari, murabbiylar shtabi, klub va akademiya xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan “Bunyodkor” jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligi, rejalari, 3-17 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida rejalashtirilgan qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarining tashkiliy masalalari, murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar o'rin oldi.

Yig'ilish davomida murabbiy Hikmat Hoshimov yaratilayotgan sharoitlar lozim darajadaligini takidlab, yangi mavsumga tayyorgarlik reja asosida ketayotganligini malum qildi. SHu o'rinda aytib o'tish kerak, “Bunyodkor” futbol klubiga begona bo'lmagan tajribali mutaxassis, Pro licenziyasiga ega bo'lgan Murod Otajonov jamoa murabbiylar shtabida ish boshladi.

Tadbir davomida klubga amaliy yordam ko'rsatish, olib borilgan o'rganish yakunlari va sobiq rahbariyat tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Xususan, belgilangan rejalar amalga oshirilmaganligi, klubning yillik xarajatlari smetasi o'z vaqtida ishlab chiqilmaganligi, xodimlarning shtat jadvali joriy yilning yanvar oyida ham tasdiqlanmaganligi aniqlangan.

Qolaversa, 2022 yilning so'nggi to'rt oyida klub hisob raqamidagi mablag'lar maqsadli yo'naltirilmaganligi, 40 nafardan ortiq xodimlar hech qanday tushuntirishlarsiz ishdan bo'shatilganligi, ayrim xodimlarga esa 2023 yil uchun xarajatlar smetasida ko'zda tutilmagan oylik maoshlar asossiz ravishda bir necha barobarga oshirilganligi, bu esa klub faoliyatiga jiddiy moliyaviy zararlar keltirishi mumkinligi malum qilindi. Kompleans nazorati o'rganishi davom etadi.

SHuningdek, yo'l qo'yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida salbiy holatlarni oldini olish hamda ijtimoiy tarmoqlar va turli ommaviy axborot vositalarida “Bunyodkor” futbol klubiga nisbatan bildirilgan fikr-mulohazalar ham o'rganilib, tahlil qilindi, yo'l xaritasiga kiritildi. 

Yig'ilish yakunida xato va kamchiliklarga yo'l qo'ygan bir qator xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko'rildi hamda yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

“Bunyodkor” futbol klubi Prezidenti Mehriddin Abdullaev rahbarligida O'zbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish koncepciyasiga asosan klubni rivojlantirish yo'nalishidagi amaliy chora-tadbirlar davom ettiriladi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика