So’nggi yangiliklar

11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  2 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  1 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  8 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21

"Bunyodkor" yangi mavsumga tayyormi? Boshkovichning oxiriga etmagan missiyasi, murabbiylar shtabida sobiq "Metallurg"chilar, transferlarda Belarus havosi Yangiliklar

"Bunyodkor" yangi mavsumga tayyormi? Boshkovichning oxiriga etmagan missiyasi, murabbiylar shtabida sobiq "Metallurg"chilar, transferlarda Belarus havosi

Superliga klublarining yangi mavsumga tayyorgarligiga bag'ishlangan ruknimiz davom etadi. Navbat "Bunyodkor" jamoasiga.

 Qishda eng ko'p muhokama markazida bo'lgan klublardan biri "Bunyodkor" bo'ldi. Jamoa atrofida ro'y bergan voqealar ancha vaqtga qadar etiborda turdi. 


Boshkovichning oxiriga etmagan missiyasi 

Yangi mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyida Ivan Boshkovich boshchiligida boshlagan "Bunyodkor"da aftidan hammasi ko'ngildagidek edi. Ayniqsa o'tgan yilning so'nggida Boshkovich boshchiligida jamoa ko'rsatgan o'yin, natijalar ko'pchilikda ishonchni uyg'otgan, ijobiy taassurot qoldirayotgandi. CHernogoriyalik murabbiy yoshlar bilan ham natija qila olishini isbotladi. Ammo yanvar oyi o'rtalariga kelib kutilmaganda dastlab bosh direktor Aziz Haydarov ishdan olindi, undan keyin esa Ivan Boshkovich o'z xohishiga ko'ra "Bunyodkor"dan ketdi. Hammadan ham unga odam achinadi. Boshlab qo'ygan ishi oxiriga etmadi. 

Sobiq "Metallurg"chilar endi "Bunyodkor"da 

Eng qizig'i yuqoridagi ishlar jamoa BAA yig'iniga ketishidan 2 kun oldin ro'y berdi. SHu onda savol tug'ildi, jamoani endi kim olib boradi? Qisqa vaqt ichida yangi rahbariyat Hikmat Hoshimovni bosh murabbiy sifatida jamoani Abu-Dabiga yubordi. U erdagi xalqaro nazorat uchrashuvlarida 2ta bahsda kichik, bitta bahsda yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Yana bir uchrashuvda durang qayd etildi. Jamoa ko'rsatgan o'yin va natijalardan rahbariyat qoniqish hosil qildi shekili, Hikmat Hoshimov ishni davom ettirdi. Orada klub Piter Xyuistraga ham qiziqqani haqida xabarlar chiqqanidan xabaringiz bor. Turkiya yig'iniga ro'yxatda bosh murabbiy sifatida Murod Otajonov nomi qayd etildi. Pro licenziyasiga ega murabbiy barchaga tanish, klub hali "Quruvchi" bo'lgan paytlardanoq "Bunyodkor"da. Uzoq vaqt Mirjalol Qosimov, Ziko, Skolariga ko'maklashdi. So'nggi yillarda klub akademiyasi tizimida faoliyat olib bordi. Murabbiylar shtabida Rustam Mirsodiqov, G'ulom Xalimtoev ham borligini ko'rishimiz mumkin. Bu nomlar o'z vaqtida "Metallurg"da birlashishgan edi. Ayniqsa Rustam Mirsodiqovning katta tajribasi bu borada yangi murabbiylar shtabiga yordam beradi, deya olamiz.



"Bunyodkor" osmonida Belarus shamoli 

Klubning asosiy transferlari Doniyor Abdumannopov, SHohruh Abdurahmonov, Aleksey Nosko (Belarus), Viktor Sotnikov (Belarus), Igor Ivanovich (CHernogoriya) bo'ldi. "Bunyodkor" selekciya borasida qolgan jamoalardan nisbatan olib qaralganda aytarli katta  haridlarni amalga oshirgani yo'q. Abdumannopovning "Navbahor"dan kelishi biroz kutilmagan holat sifatida qabul qilindi, deya olamiz. Yuqoridagi 4 futbolchini sizningcha nima birlashtirib turadi? Albatta Belarus chempionati. Yangi kelgan legionerlar borasida biror narsa deyish mushkul. Lekin Doniyor Abdumannopov biroz bo'lsada jamoani kuchaytira oladi. Undan tashqari qolgan futbolchilar kuchaytira oladigan darajada emas. Qolgan chiziqlarda katta o'zgarishga qo'l urilmagan. Darvozada Suhrob Sultonov, Sarvar Karimov, Islom Asrolov. Himoyada Davron Ergashev, Jasur Yoqubov, Avazbek O'lmasaliev, Mahmud Mahamadjonov, Jahongir O'rozov, Aleksey Nosko (himoyachi, yarim himoyachi). Yarim himoya Rasul Yuldashev, Suhrob Izzatov, Akbar Ismatullaev, SHohruh Abdurahmonov, Viktor Sotnikov, Igor Ivanovich, Abdulloh Omonaliev, Umid Sultonov. Hujumda Usmonali Ismonaliev, Jasur Hakimov. Umuman jamoaning o'tgan yilgi o'zagi saqlanib qolingan. 



O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar


BAA 

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 1:1

"Al Vahda" - "Bunyodkor" 1:0

"Bunyodkor" - "Rostov" 0:4

"Krasnodar" - "Bunyodkor" 1:0

Antaliya  

"Bunyodkor" - "Rodina" 0:1

"Bunyodkor" - "Veles" 1:0

"Volgar" - "Bunyodkor" 0:1

SSV ULM 1846 (Germaniya) - "Bunyodkor" 1:2

Asosiy tayanch akademiya  

Bugungi "Bunyodkor"da istaymizmi yoki yo'q baribir asosiy tayanch akademiya bo'lib qoladi.  CHunki avvalgidek katta maoshlarga futbolchi olib keladigan holatda emas.  Klub bir necha yillardan beri asosiy etiborni o'z tarbiyalanuvchilariga qaratmoqda. O'z vaqtida "Bunyodkor" yaxshigina mablag' borida infratuzilmaga, akademiyaga etibor qaratgani bugun kuniga yaramoqda. Xuddi shunday siyosat "Nasaf"da ham borligini unutmaslik lozim. O'rinbosarlar jamoasi murabbiylar kuzatuvi ostida bo'lishi tabiiy. Endi Hikmat Hoshimov qo'l ostidagi futbolchilardan mavsum davomida qanday natija qayd etadi, buni vaqt ko'rsatadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика