So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  23 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  75 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  3 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  176 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  18 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

"Bunyodkor" yana sharmanda bo'ldi. Nega? Yangiliklar

"Bunyodkor" yana sharmanda bo'ldi. Nega?

Kecha "Bunyodkor" tarixiy mag'lubiyatni qabul qilib oldi. "Olimpik"ka qadar hech qaysi klub "qaldirig'ochlar" maydonida 5 ta gol ura olmagan...

SHundan keyin mazkur klublarning U-21 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga qiziqish ortdi (eng kamida menda). CHunki "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari olimpiyachilardan alam olish uchun maydonga tushishi kerak edi...

Bugunga qadar U-21 birinchiligida Abduhamid Qodirov shogirdlari har jabhada peshqadamlik qilayotgan edi. Men ulardan ko'prog'ini kutganim uchun stadionga bordim. Lekin o'yin protokoli chiqishi bilan shu ko'rinishdagi scenariyni (5:0) taxmin qilgan edim. 

Boisi shundaki, bugun "qaldirg'ochlar" tarkibidagi asosiy ijrochilar uchrashuvda ishtirok eta olishmadi. Gap qanot vingerlari Umid Sultonov hamda Muzaffar Olimjonov haqida ketyapti. O'yinda ularning o'rni yaqqol bilinib, "Bunyodkor"ning qanotlari deyarli ishlamadi.

Futbolchilarning ikkisi ham soppa-sog'. Unda nega bugun qaydnomaga kiritilishmadi?

Bu savolga javobni "Olimpik"dan umumiy 10 ta golni "quchoqlagan" klub rahbariyati topishiga ishonganimiz tufayli o'z farazimizni keltirish bilan kifoyalanamiz (ularga yordam bo'lishi uchun). 

Bizningcha, Umid va Muzaffarning Yoshlar ligasida maydonga tushishini asosiy jamoa bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov istamagan. Xuddi o'tgan yil oxirida "Paxtakor" bilan bronza medali uchun bo'lgan o'yindagi kabi.

Albatta, murabbiy ikkala futbolchi kecha Superligada 17 daqiqa o'ynagani uchun ularga dam berishni maqul topgan bo'lishi mumkin. Ammo qarshi tarafdagi Timur Kapadze Superligada 41 daqiqa o'ynagan Davron Anvarov (69) hamda 31 daqiqa harakatlangan Po'latxo'ja Xoldorxonovga bugun ham (78 daqiqa) imkoniyat taqdim qildi. Va ular har 2 o'yinda raqib darvozasiga bittadan to'p kiritishdi. Murabbiyning haqiqiy darajasi shunday lahzalarda sezilsa kerak...

P.s. Bir mutaxassis menga kishi ko'nglining oq bo'lishi haqida gapirgan edi. O'ylab-o'ylab shunaqa odam topdim. AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'tgan yilgi mavsumda medallarsiz qolgan bo'lsada, U-21 jamoasi ustozi Azam SHerg'ozievning faoliyatiga halaqit bermadi. SHuning uchun ham "konchilar"ning "dubl"i mavsum yakunida chempion bo'ldi. SHuning uchun ham Mirjalol akani barcha tan oladi. SHunday hislatlari tufayli uni hurmat qilishadi. U hammadan dushman yasab olmaydigan darajada katta shaxs. Ming afsuski, Qosimovday bo'lish uchun unga o'xshab baqirishning o'zi kamlik qilarkan...

Muallifning boshqa fikrlarini kuzatish uchun telegram-kanalga azo bo'lishni unutmang.

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика