"Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvi "Lokomotiv" stadionida bo'ladi
06 avg 2022 22:26
Yangiliklar
"Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvi "Lokomotiv" stadionida bo'ladi
Malumki, “Bunyodkor” Superliganing 15-turi doirasida o'z maydonida “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.
Ayni kunlarda “Bunyodkor” stadioni chimini to'liq yangilash ishlari olib borilmoqda. SHu sababli jamoa uy uchrashuvlarini boshqa o'yingohda o'tkazadi. “Qizilqum”ga qarshi o'yin Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida o'tkazilishi mumkin edi, biroq shu kuni AGMK Superliga doirasida “Lokomotiv” bilan kuch sinashadi. “Paxtakor” 15-turni safarda o'tkazsada, markaziy stadionda Oliy o'quv yurtlariga kirish uchun davlat imtixonlari o'tkazilishi tufayli bu imkonsiz. 11 avgust kuni “Qo'qon-1912”ni qabul qiladigan “Olimpik”ning uy o'yingohi hisoblangan “Jar”da ketma-ket ikki kun uchrashuv o'tkazish maydonning chimiga salbiy tasir qilishi tabiiy. SHu bois “Bunyodkor” - “Qizilqum” bellashuvi “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi. Bu masala bo'yicha “temiryo'lchilar” va musobaqa o'tkazuvchi tashkilot O'zbekiston Professional ligasi bilan kelishuvga erishilindi va tomonlarning roziligi olindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar