“Bunyodkor” - “Lokomotiv”: Ochkosi teng jamoalar bahsi
11 apr 2014 17:26
Yangiliklar

“Bunyodkor” - “Lokomotiv”: Ochkosi teng jamoalar bahsi
Bugun oliy liganing 5-tur bahslariga start beriladi. Markaziy uchrashuvlardan biri sifatida etirof etilayotgan bahsda “Bunyodkor” “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi.
Ayni paytda jamoalar turnir jadvalida ikkinchi-uchinchi o'rinlarni egallab turishibdi. Qolaversa, har ikkala klub hisobida bir xil 10 ochkodan bor. Demak, kim g'alaba qozongudek bo'lsa, o'z raqibini 3 ochkoga ortda qoldiradi.
Mavsum avvalida o'tkazilgan Superkubok o'yinida “Bunyodkor” raqibidan 2:1 hisobida ustun kelgandi. Lekin bu endi tarix, qolaversa, unda hali mavsum boshlanmagan edi. Mana endi jamoalar birmuncha kuchga kirib olishdi, bu esa o'yinning yanada tezkor kechishidan darak bermoqda.
“Bunyodkor” oliy liganing dastlabki to'rtta o'yinida 7ta gol urib, ikkita o'tkazdi. “Lokomotiv” esa 6 bor to'p kiritib, bu jamoa ham ikkita to'p o'tkazib yubordi. Xo'sh, bugungi o'yin oldidan favorit kim? Ochig'ini aytganda, bir narsa deyish qiyin, ammo “Bunyodkor”ning o'z maydonida to'p surishini inobatga olsak, jamoaning imkoniyatlari biroz yuqoridek ko'rinmoqda. Bundan tashqari, “Lokomotiv”da o'yin bilan bog'liq biroz muammolar bor. Yani, “temiryo'lchilar” endi-endi o'z o'yinlarini topib borishmoqda.
“Bunyodkor” Mirjalol Qosimovsiz bugun o'zining ikkinchi o'yinini o'tkazadi. Bosh murabbiysiz qolgan “qaldirg'ochlar” o'tgan tur safarda “Dinamo”ni engib qaytishdi. Vadim Abramov boshchiligidagi “Lokomotiv” esa o'zida “So'g'diyona”ni mag'lub etdi. Bugungi bellashuvda Lutfulla To'raev, Ignatiy Nesterov, Jasur Hasanov singari futbolchilarning sobiq klubiga qarshi to'p surishi kutilmoqda.
Endi ikki og'iz uchrashuv hakami haqida. Bugungi o'yinni toshkentlik referi Hasan Ro'ziev boshqarib boradi. Ro'ziev shu paytgacha “Bunyodkor”ning o'z maydonida bitta o'yinida hakamlik qilgan. O'tgan yil o'tkazilgan “Bunyodkor” - “Buxoro” bahsini boshqargan va unda maydon egalari 4:0 hisobida g'alaba qozonishgan.
Ro'ziev “Lokomotiv” ishtirokidagi safar o'yinida ham bir marta hakamlik qilgan. Yani, shu yil o'tkazilgan “Navbahor” - “Lokomotiv” o'yinini Hasan Ro'ziev boshqardi va unda mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Esingizda bo'lsa, o'yindan keyin “Navbahor” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hakamlar shaniga nomaqbul so'zlarni bildirgani uchun PFL tomonidan 10 million so'm jarima solingandi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar