So’nggi yangiliklar

19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  6 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0

“Bunyodkor” kiberfutbolchisi Parijda! Yangiliklar

“Bunyodkor” kiberfutbolchisi Parijda!

Teglar :  Kiberfutbol
Xabaringiz bor, yaqinda poytaxtimizda kiberfutbol bo'yicha jahon chempionati saralash uchrashuvlari bo'lib o'tgan edi.

Kiberfutbol bo'yicha jahon chempionatiga ajratilgan yagona yo'llanmani o'tish turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan “Bunyodkor” kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev (Ali_Bebeto) qo'lga kiritgan edi.

29-31 oktyabr kunlari Franciyaning Parix shahrida 32ta kiberfutbolchi 2016 yilda jahonning eng kuchli virtual futbolchisi nomiga oydinlik kiritishadi.

O'zbekiston nomidan turnirda ishtirok etadigan Muhammadamin Turg'unboev (Ali_Bebeto) ayni paytda Parijda bo'lib turibdi va jahon chempionati oldidan tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda. Sportchimizga Franciyada kiberfutbol associaciyasi rahbari Azizbek Pattaxov xamrohlik qilmoqda.

Kiberfutbol bo'yicha jahon chempionatida 32ta sportchi 4ta guruhga 8tadan taqsimlangan holda ishtirok etadi. “Pley-off” bosqichiga har bir guruhdan 4tadan (jami 16ta) ishtirokchi yo'llanma oladi. Keyin esa olimpiya tizimida kuchlilar saralanib boriladi. Muhammadamin Turg'unboev (Ali_Bebeto) jahon chempionatidagi ishtirokini 29 oktyabr kuni angliyalik Spencer “Gorilla” nikli kiberfutbolchiga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Qayd etish kerakki, kiberfutbol bo'yicha jahon chempionatining umumiy sovrin jamg'armasi 15 ming AQSH dollarini tashkil etadi: 1-o'rin – 8.000, 2-o'rin – 4.000, 3-o'rin – 2.000, 4-o'rin – 1.000.

Kiberfutbol bo'yicha jahon chempionati bahslarini www.eswc.com sayti orqali on-layn kuzatib borishingiz mumkin.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика