So’nggi yangiliklar

12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  9 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  4 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  6 10:20Неймар яна жароҳат олди  5 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10

Bunyodkor Jasur Jaloliddinov transferidan tushgan pulni ishlata olmayotgani malum bo'ldi. Bunga sabab nima? Yangiliklar

Bunyodkor Jasur Jaloliddinov transferidan tushgan pulni ishlata olmayotgani malum bo'ldi. Bunga sabab nima?

Toshkentning Bunyodkor klubi Moskvaning Lokomotiviga sotib yuborilgan Jasur Jaloliddinov transferidan tushgan mablag'ni ishlata olmayotgani malum bo'ldi.

Qayd etish joiz, Jasur Jaloliddinov 2020 yil 29 iyulida «Lokomotiv»ga klubiga o'tgandi. «Bunyodkor» ushbu transferdan umumiy hisobda 350 ming dollarga (200 ming dollari transfer summasi bo'lsa, yana 130 ming 150 ming dollar mashg'ulot kompensaciyasi) ega bo'lishi aytilgandi.

«Daryo»ga malum bo'lishicha, «Bunyodkor» mazkur 350 ming dollar miqdoridagi mablag'ni ishlata olganicha yo'q. Uni qo'lga kiritish uchun «Bunyodkor» bankka shartnomaning asl nusxasini taqdim etishi kerak bo'lgan. Ammo o'tgan 2,5 oy vaqt ichida hujjatning asl nusxasini topishning iloji bo'lmagan.

Norasmiy manba xabariga ko'ra, «Lokomotiv» futbolchilar transferini ro'yxatdan o'tkazish dasturiga ikki klub o'rtasidagi kelishuvni emas, futbolchining «Bunyodkor» bilan bekor qilingan shartnomasi bo'yicha hujjatni joylagan. SHuningdek, dasturda transfer summasi ham aniq ko'rsatilmagan.

Eslatib o'tamiz, 2020 yil iyul oyida «Bunyodkor»ning o'sha vaqtdagi direktori Ulug'bek Mirzaev Jasur Jaloliddinov 350 ming evro evaziga Moskvaning «Lokomotiv» klubiga o'tayotganini tasdiqlagandi. Orada «CHempionat» nashri «Lokomotiv» Jaloliddinov uchun 1 million evro sarflashini, mablag'ning 100 ming evrosi futbolchining «Bunyodkor» bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishga, qolgan 900 ming evro esa Jasurning agentlariga nasib etishi haqida malum qildi. 29 iyul kuni esa moskvaliklar Jasurning transferini elon qildi. Avgust oyi avvalida «Bunyodkor» direktori Ulug'bek Mirzaev ishdan ketgani aytildi. SHundan so'ng avgust oyida Professional futbol ligasi Jasur Jaloliddinov transferida shubhali jihatlar borligini elon qilib, O'zbekiston futbol associaciyasiga murojaat qilgani aytildi. Ushbu murojaat natijalari tashkilot rasmiy saytlarida elon qilinmadi. Ammo «Championat.asia» sayti ushbu masalada Ulug'bek Mirzaev barchasini klub foydasiga hal etganini va tez orada uning o'zi nashrga intervyu berishini elon qildi. So'nggi malumotlarga ko'ra, «Bunyodkor» futbolchilari oxirgi bor iyun oyida maosh olgan.

Malumot uchun, Jasur Jaloliddinov 2002 yil 15 mayda Navoiyda tug'ilgan. 2018 yil 2 avgust sanasida «Bunyodkor» safida Superliga doirasida debyut o'yinini «Qo'qon-1912»ga qarshi o'tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O'zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019 yil oktyabrida The Guardian talqiniga ko'ra, dunyoning eng istedodli 60 futbolchisi ro'yxatida qayd etilgan. 2019 yil yakunlariga ko'ra, Superliganing eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan. 2019 yil dekabrida Italiyaning «Benevento» klubi ko'rigida bo'lgan.

Qayd etish joiz, Jasur Jaloliddinov mavsum so'ngiga qadar «Lokomotiv» tomonidan «Tambov» klubiga ijaraga berildi. U yangi jamoasida 7-raqam ostida harakat qiladi.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика