So’nggi yangiliklar

17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  2 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  3 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  2 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  4 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1

"Bunyodkor" "JAKO" bilan hamkorlikni davom ettiradi + FOTO Yangiliklar

"Bunyodkor" "JAKO" bilan hamkorlikni davom ettiradi + FOTO

Teglar :  BunyodkorJako
Ko'pchilikka malumki, Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi mana bir necha yildirki, sport liboslari borasida Germaniyaning "JAKO" kompaniyasi bilan o'zaro hamkorlik qilib keladi.

Ayni kunlarda "Bunyodkor" futbol klubi tijorat direktori Ayniddin G'iyosov Germaniyaning Frankfurt shahrida bo'lib turibdi.

Jahonga mashhur sport brendi sanalmish "JAKO" va "Bunyodkor" FK o'rtasida navbatdagi muzokaralar bo'lib o'tdi. Germaniyaning Frankfurt shahrida "JAKO" kompaniyasi marketing va sotuv bo'yicha direktori Xans Verkl va "Bunyodkor" FK tijorat direktori Ayniddin G'iyosov o'rtasidagi muhokama natijasida yangi shartnoma imzolandi.

- "Bunyodkor" futbol klubini Osiyo qitasida qanday nufuzga ega ekanligini juda yaxshi bilamiz. Bunday jamoa bilan hamkorligimiz yildan-yilga mustahkamlanib borayotganidan xursandmiz. Aynan "Bunyodkor" orqali "JAKO" kompaniyasi liboslari Osiyo bozorida yanada ommalashib borayotganini yashirmaymiz, - deydi  Xans Verkl.

- "JAKO" liboslaridan foydalanib kelayotganimizga olti yildan oshdi. Ushbu kompaniya liboslarining sifati va qulayligi "Bunyodkor" klubini qoniqtiradi. SHuningdek, "JAKO"ning zamonaviy dizayni ham boshqalardan alohida ajralib turadi. Aynan "Bunyodkor" FK uchun tikilayotgan liboslarni o'z ko'zim bilan kuzatib chiqdim. O'ylaymanki, "Bunyodkor"ning yangidan-yangi cho'qqilarni zabt etishida ushbu kompaniyaning ham o'ziga xos hissasi bo'ladi, - deydi Ayniddin G'iyosov.

Demak, "Bunyodkor" FK va "JAKO" kompaniyasi o'rtasidagi hamkorlik davom etadi.


P.S. "Bunyodkor" FKning yangi – 2018 yilgi liboslari qanday ko'rinishda bo'lishi bilan tez kunda tanishasiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика