“Bunyodkor” direktori SHerzod Haqberdiev klub muxlislari bilan uchrashdi
02 fev 2023 22:05
Yangiliklar
“Bunyodkor” direktori SHerzod Haqberdiev klub muxlislari bilan uchrashdi
“Bunyodkor” futbol klubi direktori SHerzod Haqberdiev bugun SHavkat Imomov boshchiligidagi muxlislar klubi etakchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda muxlislar klubining bu yilgi rejalari, faoliyati muhokama qilindi. SHuningdek, muxlislar klubi azolarini qiynayotgan savollar, muammolar ko'rib chiqildi. Ularni hal qilish bo'yicha reja ishlab chiqildi.
Klub tashkil topgan kundan boshlab “Bunyodkor” muxlislar uchun o'ynaydi” shiori ostida faoliyat yuritib keladi. “Bunyodkor” hech qachon o'z muxlislarini etiborsiz qoldirmagan va albatta sodiq ishqibozlarimiz ham suyuklilarini yolg'iz tashlab qo'ymagan. SHerzod Murodovich ishqibozlarga yuzlanib, “sodiq muxlislarimiz bor ekan biz o'z ananalarimiz va shiorimizga sodiq qolaveramiz”, - deya rahbariyat har doim ularni qo'llashini malum qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar