So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  0 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  4 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  5 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  28 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  88 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12

"Bunyodkor" Dimitrie Pobulichning xalqaro transfer sertifikatini yaqin kunlar ichida oladi Yangiliklar

"Bunyodkor" Dimitrie Pobulichning xalqaro transfer sertifikatini yaqin kunlar ichida oladi

"Bunyodkor" futbol klubi yozgi transfer oynasi ochilganidan tezkorlik bilan foydalanib, bugunning o'zidayoq xorvatiyalik hujumkor yarim himoyachi Dimitrie Pobulichning xalqaro transfer sertifikatini Erevanning "Ararat" klubidan olishga kirishadi.

"Bunyodkor" qishki transfer oynasida aynan "Ararat" klubi masul xodimlarining "qaldirg'ochlar" mutaxassislarining so'roviga kech javob berishlari aybi bilan Pobulichning XTSni ololmagan edi. Ammo futbolchi o'sha payt qishki transfer oynasi doirasida O'zPFLdan ro'yxatga olingan bo'lib, uning birgina XTS yo'qligi tufayligina musobaqalarda qatnasha olmay kelayotgandi. Bu orada Pobulich unga klubdan berilishi kerak bo'lgan barcha oylik maoshlarini olib yurdi. Yani "Bunyodkor" professionallarcha ish tutib, futbolchi oldidagi o'zining barcha moliyaviy majburiyatlarini bajarib keldi.

Faqatgina "Ararat"ning aybi bilan futbolchi "Bunyodkor" safida maydonga tusha olmay kelayotgandi.

Hatto FIFA XTSni o'z vaqtida bermagani uchun, bu orada "Ararat"ni jazoladi.

"Bunyodkor" mavsumning birinchi yarmida Dimitrie Pobulich borasida chindan ham jabr ko'rdi. Biroq FIFA "Ararat"ga Pobulichning transferi bo'yicha to'lanishi kerak bo'lgan transfer summani, "Bunyodkor" rahbariyatining asosli vajlari evaziga, ikki barobarga qisqartirdi. "Ararat"ni FIFA shunga majbur qildi.

"Bunyodkor" murabbiylar shtabi Pobulichning qobiliyatini mashg'ulotlar va o'rtoqlik uchrashuvlarida alo darajada baholadi. SHu bois u ikkinchi davra uchun jamoa ro'yxatida qoladi. Faqat bugun, 4 iyuldan boshlab uning XTSni "Ararat"dan olish qolgan. "Ararat"ning ham bunga hech qanday etirozi qolmagan. Axir bu ishni shaxsan FIFA nazorat qilib turibdi.

"Avvalambor, har qaysi klub O'zPFL ro'yxatidan yangi futbolchilarni o'tkazmoqchi bo'lsa, birinchi navbatda, O'zPFLga bu yilgi musobaqalarda qatnashish uchun barcha (350 mln. so'm) badal pullarini ikkiga bo'lib - birinchi va ikkinchi davralar oldidan to'lab qo'yishi shart. "Bunyodkor" O'zPFLga badal pullarining oxirgi qismini 1 iyul kuni to'lab bo'ldi. SHuningdek, har bir klubning boshqa klublar oldida qarzdorligi bo'lmasligi lozim. Bu borada "Bunyodkor"ning hech qaysi klub oldida qarzdorligi yo'q. Demak, bizda hammasi joyida.
Yangi futbolchilarga keladigan bo'lsak, bizning tegishli mutaxassislarimiz shunday o'yinchilar bilan ayni damda qizg'in muzokaralar olib borishmoqda. Bevosita xorvatiyalik futbolchi bo'yicha gapiradigan bo'lsam, ishonch bilan aytishim mumkinki, ko'pchilik hali ikkinchi davrada yaqqol guvohi bo'ladiki, huddi birinchi davrada Francis Narx o'ynagani kabi, mavsumning ikkinchi qismida Dimitrie Pobulich Superligadagi eng ko'zga ko'ringan futbolchilardan biri bo'ladi. Va etiborlisi, Pobulich yozgi transferdagi 5talik limitiga kirmaydi. CHunki u biz tomonimizdan mavsum boshidagi ro'yxatimizga kiritilib bo'lgan edi", - deydi "Bunyodkor" FK bosh direktori Ulug'bek Mirzaev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика