So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15

16 yoshli futbolchining goli "Bunyodkor"ga "Andijon" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

16 yoshli futbolchining goli "Bunyodkor"ga "Andijon" ustidan g'alaba keltirdi

Teglar :  Andijon Bunyodkor
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 8-daqiqasida Oybek Qilichev juda qulay vaziyatda turgan sheriklariga to'pni uzatmasdan, o'zi darvoza tomon zarba berdi, noaniq.  19-daqiqada mezbonlar hisobni ochishga yaqin kelishdi. Dilshod Ahmadaliev raqib jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

33-daqiqada Oybek Qilichevning jarimadan oshirib bergan to'pini raqib jarima maydonchasi ichida egallab olgan Bobur Omonovning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

Birinchi taymda hisob ochilmadi. 

56-daqiqada "Bunyodkor" hisobni ochdi. To'xtasinovning to'p uzatishidan keyin Jasur Jaloliddinov chamasi 20 metrlardan chap oyog'i bilan ajoyib gol urdi - 1:0. 2002 yilning may oyida tug'ilgan Jaloliddinov o'tgan turda "Navbahor" darvozasiga gol urgan edi. 

76-daqiqada Bobur Akbarovning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi.  

77-daqiqada Mirjahon Mirahmadov birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Mirniy jamoasini goldan qutqarib qoldi.  84-daqiqada Bobur Omonovning chap qanotdan raqib jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'piga Doniyor Ismoilov bosh bilan zarba yo'llamoqchi bo'lib, Ro'zimboy Ahmedovni boshiga zarba berdi va jarohat etkazdi. 

88-daqiqada Ro'zimboy Ahmedovning bosh bilan bergan zarbasini Zuhurov ushlab oldi. Keyingi hujumda Mirniy qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Mirahmadov esa bu sovg'adan foydalana olmadi. 



Bunyodkor

ZHasur ZHaloliddinov - 56'

Superliga. 4-tur

13/04/2019, 18:20

0
:
1
Tugadi

Andijon

45'
90'
44'  Nurillo To'xtasinov
49'  ZHavohir Qahramonov (Sanjar Rihsiboyev)
56'  ZHasur ZHaloliddinov
56'  Nurillo To'xtasinov
66'  ZHasur ZHaloliddinov (Abdulla Abdullaev)
90'  Xurshid G’iyosov (Bobur Farhodov)
46'  Asror G'ofurov (Shahboz Jumaboev)
46'  Xushnudbek Avilov (Doniyor Ismoilov)
68'  Abror Xusinov
74'  Oybek Qilichev (Farhod Bekmurodov)


“Bunyodkor” – “Andijon” 1:0
13 aprel 2019. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:20
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Alisher Usmonov, Andrey Capenko, Doston Rahmonov.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: Sardor Qudratullaev.

Gol: Jasur Jaloliddinov 56, - 1:0 (Nurillo To'xtasinov).

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuxurov, 3.Islom Qobilov, 6.Anvar G'ofurov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Jasur Jaloliddinov (30.Abdulla Abdullaev, 66), 10.Xurshid G'iyosov (5.Bobur Farhodov, 90+1), 11.Javohir Qahramonov (23. Sanjar Rixsiboev, 49), 13.Lutfulla To'raev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurullo To'xtasinov.

Zaxira: 1.Abdumavlon Adujalilov, 4.Sergey Proxorov, 20.Vladislav Nuriev, 27.Abubakr Muydinov, 34.Suhrob Izzatov, 37.Muhammadodil Qahramonov.

"Andijon": 77. Vitaliy Mirniy, 3. Bobir Amonov, 4. Farhod Mirahmatov, 7. Oybek Qilichev (8. Farhod Bekmuratov, 74), 18. Dilshod Rahmatullaev, 21. Ildar Mamatkazin (s), 22. Ro'zimboy Ahmedov, 34. Xushnud Avilov (24. Doniyor Ismoilov, 46), 75. Asror G'ofurov (70. SHahboz Jumaboev, 46), 88. Abror Xusinov, 89. Bobir Akbarov.
Zaxira: 1. Ruslan Matniyazov, 9. Sardor Sulaymonov, 10. SHahzod Ubaydullaev, 17. Abdulloh Olimov, 23. Abdurahmon Abdulhaqov, 26. Aleksich Radosav.

Ogohlantirishlar: Nurillo To'xtasinov 44, Abror Xusinov 68.


Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика