So’nggi yangiliklar

08:44Максим Шацких «Андижон»даги дебют учрашувидан сўнг нималар деди?  3 08:13Пролига. Бугун 2-даврага старт берилади  0 07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  4 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  1 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  4 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  3 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  10 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  6 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  87 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  88 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  5 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4

O'tmishga nazar. 20 yil muqaddam bir kishi kam O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi JCHda Argentinaga yutqazgan Yangiliklar

O'tmishga nazar. 20 yil muqaddam bir kishi kam O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi JCHda Argentinaga yutqazgan

Yaqin o'tmishdagi voqeani yodga olamiz.

2003 yil Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazilgan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida Viktor Borisov murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etgan. Ushbu mundialda debyut qilgan hamyurtlarimiz "B" guruhida Argentina, Ispaniya va Mali terma jamoalariga ro'baro' kelgan. 

Ilk o'yinda Maliga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan vakillarimiz turnirning 2-turida Argentinaga qarshi maydonga tushadi. SHarjada 8500 tomoshabin ishtirokidagi bahs O'zbekiston uchun omadli tarzda boshlandi — uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Aleksandr Geynrix hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi bo'lim bizning foydamizga hal bo'ldi. 

Ikkinchi bo'limda esa argentinaliklar o'yinni o'z foydasiga hal qilishdi. Bunga 54-daqiqada Islom Inomovga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilishi ham sabab bo'ldi. Dastlab 70-daqiqada Leandro Fernandes jarima maydonchasida ichidan oshirilgan to'pni bo'sh qolgan darvozaga kiritgan bo'lsa, uchrashuvning 90+2 daqiqasida German Errera hujumda Ignatiy Nesturov bilan to'qnashib ketadi, senegallik hakam esa bu vaziyatda 11 metrli nuqtaga ishora qiladi. Fernando Kavenagi penaltini aniq ijro etib, so'nggi lahzada g'alabani ilib ketadi. 

Borisov shogirdlari guruhdagi oxirgi bellashuvda Inesta tomonidan urilgan gol evaziga Ispaniyaga yutqazib, musobaqa bilan xayralashadi. Ispaniya o'sha mundialda finalga qadar etib borib, hal qiluvchi bahsda Braziliyaga mag'lubiyatga uchragan. Argentina esa musobaqada to'rtinchi o'rin bilan cheklangan.

U-20 jahon chempionati

1 dekabr, 2003 yil

"SHarja" stadioni, SHarja, BAA

O'zbekiston — Argentina 1:2

Gollar: Aleksandr Geynrix (4) — Leandro Fernandes (70), Fernando Kavenagi (90+3, penaltidan)

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 5.Muzaffar Holiqov (13.Kamoliddin Tojiev, 75), 2.SHavkat Raimqulov, 4.Yaroslav Krushelnickiy (s), 20.Ilhom Suyunov (8.Nodir Qo'ziboev, 74), 18.Islom Inomov, 3.Rustam Qodirov, 7.Mansurjon Saidov, 10.Ilyos Zeytullaev, 9.Aleksandr Geynrix, 14.Marat Bikmaev (11.Eldor Magdeev, 66)

Zaxira: 1.Timur G'aniev, 6.Jasur Hasanov, 15.Konstantin Boev, 16.Bahriddin Vahobov, 17.Vladimir Anikin, 19.Timur Sultonov

Bosh murabbiy: Viktor Borisov

Argentina: 1.Gustavo Eberto, 2.Gonsalo Rodriges, 4.Maurisio Romero, 6.Leandro Fernandes, 5.Xaver Maskerano, 8.Xyugo Kolache (17.Xose Sosa, 65), 3.Osmar Ferreyra (11.Marselo Karruska, 56), 16.Neri Kardoso (19.German Errera, 39), 18.Uolter Montilo, 20.Franko Kanjele, 9.Fernando Kavenagi

Zaxira: 7.Pablo Sabaleta, 12.Mariano Barbosa, 13.Joel Barbosa, 14.Jonatan Bottinelli, 15.Uolter Garsiya

Bosh murabbiy: Xyugo Tokalli

Ogohlantirishlar: Islom Inomov (21), Neri Kardoso (29), Osmar Ferreyra (41), Mansur Saidov (47), Aleksandr Geynrix (54), Xaver Maskerano (60), Franko Kanjele (70), Ilyos Zeytullaev (83), Leandro Fernandes (84), Gonsalo Rodriges (87)

CHetlatish: Islom Inomov (54, ikkinchi ogohlantirish)

Afsuski, topilgan videolavhadan Geynrixning goli o'rin olmagan ekan.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика