So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

BUM! Qozog'iston O'zbekiston bilan birga JCH-2034ni qabul qilmoqchi Yangiliklar

BUM! Qozog'iston O'zbekiston bilan birga JCH-2034ni qabul qilmoqchi

Kuni kecha Qirg'iz Respublikasining Issiqko'l viloyatida Markaziy Osiyoning turkiyzabon davlatlari futbol associaciyalari mutasaddilari ishtirokida sammit bo'lib o'tdi.

Associaciyalar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan uchrashuvda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o'tgan ushbu uchrashuvda tomonlar har bir futbol associaciyasining muvaffaqiyatli rivojlanishining asosiy omillari infratuzilmani yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish va etarli mablag' bilan taminlash ekanini takidlab, har bir futbol associaciyasining muvaffaqiyati mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar.

Bundan tashqari, futbolchilar va hakamlar yig'inlarini o'tkazish uchun zarur bo'lgan infratuzilmani barpo etish bo'yicha o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Yig'ilish ishtirokchilari xalqaro miqyosdagi turnirlarni, jumladan, turli yosh toifasidagi jamoalar o'rtasidagi jahon chempionatlarini birgalikda tashkil etish imkoniyatlarini ko'rib chiqdilar.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Qozog'iston futbol federaciyasi rahbari Adilet Barmenqulov yig'ilish chog'ida O'zbekiston bilan birgalikda 2034 yil kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish rejasini o'rtaga tashladi. So'nggi yillarda ikki federaciya o'rtasidagi do'stona aloqalar yuqori bosqichga chiqayotganini terma jamoalar va klublarimiz o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinlari tashkil etilayotgani bilan bog'lash mumkin.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика