So’nggi yangiliklar

07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  0 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1

Bugun “Xalqlar Do'stligi” Kubogi start oladi Yangiliklar

Bugun “Xalqlar Do'stligi” Kubogi start oladi

Teglar :  Xalqlar do'stligi
Mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bor Respublikada joylashgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasida “Xalqlar Do'stligi“ Kubogi bo'lib o'tadi.

Bugun start oladigan musobaqada 16ta jamoa qatnashadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat ko'rsatadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadi. Respublika Xalq talim vazirligi, “Sen yolg'iz emassan” bolalar jamoat fondi, O'zbekiston futbol federaciyasi, “Oq-tepa” va "Lokomotiv" futbol klubi bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan mazkur turnirda 13-18 yoshli bolalar qatnashadi. To'rt kun davom etadigan musobaqaning barcha o'yinlari “Oq-tepa” maydonida bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar 4 guruhga 4tadan ajratilgan. Bugun ochilish marosimi va 15:00dan boshlab guruh uchrashuvlari start olsa, erta-indin guruh bosqichining qolgan o'yinlari o'tkaziladi. Indinga tushdan so'ng chorak final, 8 noyabr kuni esa, yarim final hamda final o'yinlari tashkil qilinadi. O'yinlarning har bir bo'limi 20 daqiqadan iborat bo'ladi.
 
Ishtirokchilar: Toshkent shahri (3ta), Toshkent viloyati (2ta), Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy viloyati, Xorazm viloyati, Surxondaryo viloyati, Qashqadaryo viloyati, Sirdaryo viloyati, Jizzax viloyati, Andijon va Namangan birlashgan jamoasi, Farg'ona viloyati, Samarqand viloyati, Buxoro viloyati.
 
Saytimiz mazkur turnirni har kuni yoritib borishni rejalashtirgan. Qiziquvchilar, bugun tushdan boshlab, keyingi uch kun davomida ertalab 09:00dan kechgacha o'zining bo'sh vaqtiga qarab, “Oq-tepa” maydoniga tashrif buyurishlari va turnirni kuzatishlari mumkin.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика