Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi o'yini hech qaerda ko'rsatilmaydi
29 mar 2022 07:22
Yangiliklar
Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi o'yini hech qaerda ko'rsatilmaydi
Bu Osiyo Kubogi saralashi oldidan so'nggi yig'in bo'ladi.
VIDEO O'zbekiston futzal MTJ mashg'uloti + Ahmedov, Usmonov va Eshonqulov bilan intervyu
Bugun vakillarimiz ana shu yig'in doirasida Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Uchrashuv Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tadi va 13:00da boshlanadi.
Ushbu bellashuv hech bir telekanal yoki platformada jonli translyaciya qilinmaydi. Mehmonlar murabbiylari o'yinni translyaciya qilmaslikni so'rashgan. Lekin, arenaga muxlislar kirishi mumkin. OAV xodimlari uni yoritishi ham mumkin, faqatgina o'yin to'liq ko'rsatilmaydi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi saralash bosqichi uchrashuvlari 10-12 aprel kunlari Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy mintaqaning "B" guruhida Nepal, Tojikiston va Afg'oniston bilan kurash olib boradi. Qirg'iz Respublikasi esa shu mintaqaning "A" guruhida Eron, Turkmaniston hamda Maldivga raqiblik qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar