So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  23 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

Bugun Osiyo chempionlarini kutib olamiz, tayyorgarlik jiddiy Yangiliklar

Bugun Osiyo chempionlarini kutib olamiz, tayyorgarlik jiddiy

Bugun bizda vatanparvarlik, milliy g'urur bayrami! Biz, yosh chempionlarni kutib olishga tayyormiz!

O'zbek futbolida ham yangi sahifa ochildi. Yoshlarimiz yashil maydonda o'z so'zini aytdi.

O'zbekiston U23 terma jamoasi Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida g'olib bo'ldi. O'zbek xalqining yoshu qarisi ushbu xushxabardan osmon qadar quvondi.

Bugun ular Toshkent vaqti bilan 23:50da Toshkentga etib kelishadi. Davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog'idagi sanatkorlar, deyarli barcha barcha OAV vositalari, Yoshlar ittifoqi faollari jam bo'ladigan hayajonli daqiqalarga guvoh bo'ling.

Sizni yosh chempionlarimizni kutib olish marosimiga taklif etamiz!

Kutib olish joyi — Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti.

Keyin ular «O'zbekiston» mehmonxonasida shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning topshirig'i bilan taqdirlanadi.

Bugun bizda vatanparvarlik, milliy g'urur bayrami! Albatta, keling! Yoshlarimizning g'alabasini birgalikda olqishlaymiz!

Malum bo'lishicha, soat 00.00 da ular chiqqan avtobus Aeroport terminal-3 (mahalliy),  Bobur, Nukus, Afrosiyob, SH.Rashidov, Navoiy ko'chasi hamda A.Temur aylanmasi va O'zbekiston mehmonxonasi bo'ylab harakatlanadi!

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика