So’nggi yangiliklar

11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамеёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  3 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  10 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  2 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  3 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3

"Bugun oddiy jamoalar o'ynamaydi. CHeran va Stanoevich katta sahnaga chiqishi mumkin" Superkubok oldidan mutaxassislar fikri Yangiliklar

"Bugun oddiy jamoalar o'ynamaydi. CHeran va Stanoevich katta sahnaga chiqishi mumkin" Superkubok oldidan mutaxassislar fikri

Bugun Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohida 2022 yilgi O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo'lib o'tadi

Unda mamlakatning amaldagi chempioni "Paxtakor" va kubok sohibi "Nasaf" to'qnash keladi. Mazkur bahs oldidan  O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari, sobiq futbolchi Kamoliddin Murzoev va murabbiy Azamat Abduraimovning fikrlarini tingladik.

Kamoliddin Murzoev - Mavsumning birinchi o'yini bo'lgani uchun jamoalardan yorqin o'yin kutish biroz noto'g'ri bo'ladi. O'rtoqlik va rasmiy o'yinlarning shukuhi boshqacha. Fikrimcha, jamoalar bir-birlariga ehtiyotkorlik bilan yondoshishadi. 

Bugun "Paxtakor"da CHeran ko'p narsani hal qilishi mumkin. Yani katta sahnaga chiqadi.  "Nasaf"da esa baribir jamoaviy o'yin shakllangan. Yaqqol biror bir futbolchini ko'rsatish qiyin bo'lsada, Marko Stanoevich  "Paxtakor"ga bosh og'riq bo'la oladi. Bu finalligini unutmasligimiz lozim. Imkoniyatlar 50/50. 

Albatta Oybek Bozorov katta yo'qotish. Biroq Ro'ziqul Berdiev bunday pallada qanday yo'l tutishni biladigan murabbiy. Bozorov bilan jamoa yanada kuchayardi. Aytganimdek, jamoaviy o'yin borligi uchun u qadar katta yo'qotish hisoblanmasa kerak.

Azamat Abduraimov  - O'zbekiston  Superkubogi katta futbolni sog'inganlar uchun haqiqiy bayram hisoblanadi. Mamlakatimizda futbol bahori nafasi kezib yuribdi. SHu bois o'zim ham bu bellashuvni intiqlik bilan kutmoqdaman. Bugun oddiy jamoalar emas, O'zbekistonning oxirgi yillardagi eng yaxshi klublari to'qnashadi. To'g'ri  "Nasaf"da moliyaviy muammolar kuzatilayotganiga qaramay mavsumni sovrin bilan tugatmoqda. Mutaxassis sifatida Superkubogdan sifatli  o'yin kutyapman. 

Jamoalarning imkoniyatini teng baholagan bo'lardim.  "Nasaf" o'tgan yili bu jamoaga qarshi nimalarga qodirligini ko'rsatdi. "Paxtakor"da yangi murabbiylar shtabi ish boshladi. Slavche Voyneskining qanday uslub va falsafaga egaligini bilmaymiz. SHunday ekan ko'pchilik uchun bu qiziq tuyuladi.

Mavsum boshi. Bunday holatda jamoalarning qanday tayyorgarlik bilan etib kelgani asosiy o'ringa chiqadi, deb o'ylayman. Taktik ishlanmalarni yo'lga qo'yish uchun vaqt zarur. Ishonch bilan aytamanki, futbolchilar katta ishtiyoq bilan harakat qilishadi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика